6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6



6-mavzu:
 
O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish. 
O’lchash natijalarini yaxlitlash va yozib borish. O’lchash vositalarining 
metrologik xarakteristikalari. Qiyoslash oralik intervallari. O’lchovlarni 
qiyoslash. Qiyoslash usullari va vositalari. O’lchash vositalarini 
metrologik tavsiflari. 
Reja 
1.
O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish.
2.
O’lchash natijalarini yaxlitlash va yozib borish.
3.
O’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari.
4.
Qiyoslash oralik intervallari.
5.
O’lchovlarni qiyoslash. Qiyoslash usullari va vositalari.
6.
O’lchash vositalarini metrologik tavsiflari.
Ma’ruzachi: Akhrorbek Ermatov 
O’lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi Noaniqlikni baholash kontekstida 
“o’lchash kattaligini tasvirlash” aynan o’lchanayotgan nafaqat bir ma’noli narsaning 
ifoda qilinishini, balki o’lchash kattaligini u bog’liq bo’lgan parametrlar bilan 
bog’lovchi mikdoriy ifodalanishini taqdim etishni ham talab etadi. Bu parametrlar 
boshqa o’lchash kattaliklari, to’g’ridan-to’g’ri o’lchanmaydigan kattaliklar yoki 
konstantalar bo’lishi mumkin. SHuningdek namuna tanlash bosqichi metodikaga 
kiritilganmi yoki yo’qmi aniq belgilanishi lozim. Agar u kiritilgan bo’lsa, u holda 
namuna tanlash metodikasi bilan bog’liq bo’lgan noaniqlikni baholash ham zarur. 
Bu barcha axborotlar metodikaga hujjatda bo’lishi lozim. Analitik o’lchashlarda 
ayniqsa foydalanilayotgan metodga bog’liq bo’lmagan natijalarni olishuchun 
mo’ljallangan va bunga mo’ljallanmagan o’lchashlar o’rtasidagi farqni o’tkazish 
muhim. Oxirgilari ko’pincha empirik metodlar kontekstida ko’rib chiqiladi. O’V 
birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspektsion va ekspert qiyoslashdan 
o’tkaziladi. 
Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bo’yicha 
keltiriladigan O’V birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’V ning har bir nushasi 
birlamchi qiyoslashdan o’tkaziladi. O’V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash 
ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o’tkazish tartibi bu O’V ni 
qiyoslash metodikasida ko’rsatiladi. 
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O’V qiyoslashlararo 
oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o’tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti 
o’lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda 
aniqlanadi va belgilanadi. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə