6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6

O’lchash usuli esa
- bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, 
o’lchash vositalari yordamida va eksperiment o’tkazishning aniq yo’li, algoritmi 
yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
O’lchash odatda o’lchashdan ko’zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida 
bevosita o’lchash ob’ekti (o’lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O’lchash jaraeni 
yordamida esa shu o’lchash ob’ekti to’g’risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat 
ba’zi matematik qayta ishlash yo’li bilan o’lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan 
kattalik haqida informatsiya (o’lchash natijasi) olinadi. 
O’lchash natijasi
- o’lchanayotgan kattalikning son qiymatini o’lchash 
birligiga ko’paytmasi tariqasida ifodalanadi. 
X=n[x],
bu yerda X - o’lchanadigan kattalik; 
n - o’lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o’lchov birligidagi son qiymati; [x] - 
o’lchash birligi. 


O’lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o’lchash natijalari 
o’zgarmasdan to’g’ridan-to’g’ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. SHuning uchun, keyingi paytlarda
ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o’lchash haqidagi tushuncha 
quyidagicha ta’riflanadi. 
O’lchash
- bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va 
o’zgartirish jarayonidir. Bundan ko’zda tutilgan maqsad shu o’lchanayotgan 
kattalikning ishlatish, o’zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay 
formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
O’lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi 
bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k. 
O’lchash turlari 
O’lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo’llari) 
mavjuddir. Quyida shu yo’llar bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə