6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish


O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6

O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar. 
Kattalikning sonli qiymatini odatda o’lchash amali bilangina topish mumkin, 
ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi 
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. 
O’lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, 
unda o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik 
sifatida qabul qilingan miqdori bilan o’zaro solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o’lchash bu har 
xil kattaliklar to’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik 
eksperimentdir; uchinchidan - o’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning 
o’lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o’lchashdan maqsad, o’lchanadigan 
kattalik bilan uning o’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi 
(tafovutni) nisbatni topishdir. Ya’ni, o’lchash jarayonida o’lchashdan ko’zda 
tutiladigan 
maqsad
, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni 
aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va 
o’lchash 
ob’ekti 
ishtirok etadi. O’lchash ob’ekti (o’lchanadigan kattalik) shunday yordamchi 
kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday 
qurilmaki, uning yordamida o’lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o’lchash, 
o’lchash jarayoni va o’lchash usuli. 
O’lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to’g’risida informatsiya qabul qilish
o’zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini 
qo’llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 
O’lchash jarayoni
- bu solishtirish eksperimentini o’tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo’lmasin). 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə