6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6

Qiyoslashlar oraliq intervallari 
O’lchash vositalarini davriy qiyoslashni reglamentlovchi asosiy hujjat: O‘z 
DSt 8.003:2005. Bu hujjat quyidagi asosiy qoidalarga tayanadi: 

mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlashning eng muhim yo’li o’lchash 
vositalarni qiyoslashdir; 

qiyoslash bilan ishlab chiqarilgan va ta’mirlangan,xorijdan sotib olingan, 
ishlatilayotgan va saqlashga qo’yilganbarcha o’lchash vositalari qamrab 
olinishi kerak; 

qiyoslashda metrologik va texnik talablarga muvofiqligitasdiqlangan o’lchash 
vositalargina qo’llanish uchun yaroqli deb tanolinishi mumkin; 

ishlatilayotgan o’lchash vositalarini qiyoslash davriyligiishlatish sharoitlariga 
bog’liq va buzuq asboblarning o’z vaqtidaaniqlanishini ta’minlashi lozim; 

qiyoslash maxsus tayyorlangan shaxslar tomonidan qiyoslashbo’yicha ilmiy-
texnikaviy hujjatlarga muvofiq bajariladi. 
Ishlatilayotgan yoki saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalarma’lum qiyoslashlar 
o’rtasidagi oraliqdan keyin davriyqiyoslashdan o’tkazilishi lozim. 
Qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalarining aniq ro’yxatlarini yuridik va 
jismoniy shaxslar -o’lchash vositalarining egalari tuzadilar. Qiyoslanishi lozim 
bo’lgan o’lchash vositalari ro’yxatlari Davlat metrologiya xizmati organlariga 
yuboriladi. Davlat metrologiya xizmati organlari metrologik qoidalar va 
me’yorlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish chog’ida 
qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari ro’yxatlarining to’g’ri tuzilganligini 
tekshiradilar. 
Uzoq muddat saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalar davriy qiyoslashdan 
o’tmasligi mumkin. 
Bir necha kattaliklarni o’lchash (qayta tiklash) uchun mo’ljallangan yoki bir 
necha o’lchash diapazonlariga ega bo’lgan, biroq kamroq sondagi kattaliklarni 
o’lchash (qayta tiklash) yoki kamroq sondagi diapazonlarda o’lchash uchun 
foydalaniladigan o’lchash vositalarni davriy qiyoslashni bosh metrolog yoki yuridik 
shaxs rahbarining qarori asosida faqat qo’llanilayotgan sondagi kattaliklar va 
ishlatilayotgan diapazonlar uchun o’lchash vositalarining yaroqliligini aniqlab 
beradigan qiyoslash bo’yicha normativ hujjatlar talablari bo’yicha ruxsat etiladi. 
Bunga mos yozuv ishlatish hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Davriy qiyoslash 
natijalari qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqda amal qiladi. 
Birinchi qiyoslashlar o’rtasidagi oraliq asbob turini tasdiqlashda belgilanadi. 
Davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxslar davriy qiyoslashlar 
natijalarini, qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni ularni qo’llanish xususiyatlarini 
hisobga olib, ularni korrektirlash bo’yicha tavsiyalarni pshlab chiqishlari lozim. 


Qiyoslashlar orasidagi oraliqlarni aniqlashtirish Davlat metrologiya xizmati 
tomonidan yuridik shaxsning metrologik xizmati bilan kelishilgan holda o’tkaziladi. 
Tomonlar kelisha olmagan holda qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni o’zgartirish 
haqida xulosa chiqarishga imkon beradigan tadqiqotlar natijalari Davlat metrologiya 
markazlariga beriladi va ular tegishli xulosa chiqaradilar. 
Davriy qiyoslash foydalanuvchi, Davlat metrologik xizmati yoki qiyoslash 
huquqi bo’yicha akkreditlangan yuridik shaxs hududida o’tkazilishi mumkin. 
Qiyoslash joyini o’lchash vositalarining foydalanuvchisi iqtisodiy omillar hamda 
qiyoslanadigan o’lchash vositalarini tashib keltirish imkoniyatlaridan kelib chiqib 
tanlaydi. O’lchash vositalarni ishlab chiqaruvchi yoki ta’mirdan chiqaruvchi, 
shuningdek, o’lchash vositalarini ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar, 
o’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash yoki ishlatish joylarida, qiyoslash uchun 
maxsus qiyoslash qurilmalari, etalonlar talab qilinadigan hollarda tegishli qurilmalar 
va etalonlarga ega bo’lishlari va ularni Davlat metrologiya xizmati organlari 
ixtiyoriga berishlari lozim. 
O’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash yoki ishlatish joylarida Davlat 
metrologiya xizmati organlari tomonidan qiyoslashlarni amalga oshirish vaqtida 
yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilarga amal qilishlari kerak: 

Davlat metrologiya xizmatiga tegishli bo’lgan etalonlami va yordamchi 
vositalarni zarur bo’lgan hollarda qiyoslash joyiga olib kelish va olib ketishni 
ta’minlashlari; 

qiyoslashni bajarish uchun zarur bo’ladigan xonalar va yordamchi xodimlami 
ajratishlari; 

zarur hollarda Davlat metrologiya xizmatiga tegishlietalonlarni ularning 
tamg’asi ostida saqlab berishnita’minlashlari; 

ko’chma qiyoslash laboratoriyasi tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan holda 
turish joyini berishlari hamda elektr, gaz va suvta’minoti tarmoqlariga 
ulanishini, shuningdek, uningsaqlanishini ta’minlashlari. 
O’lchash vositalari Davlat metrologiya xizmati organlari talabiga muvofiq 
qiyoslash uchun ochilgan holatda, texnik tavsifi, ishlatish metodikasi, pasporti yoki 
so’nggi qiyoslash haqidagi guvohnomasi, zaruriy butlovchi qurilmalar bilan birga 
taqdim qilinishi lozim. 
O’lchash vositalarini qiyoslash grafiklarini tuzish tartibiyuqorida sanab o’tilgan 
normativ hujjatlarga muvofiq ravishdabelgilanadi, korxona tomonidan ularning 
ishlatish sharoitlariva intensivligi hisobgaolib tuziladi. 
Fizik kattalik o’lchamining o’zgarish faktini bu o’zgarishni miqdoriy 
baholamasdan aniqlash uchun qo’llaniladigan o’lchash vositalari indikatorlar 
guruhiga kiritilishi mumkin va qiyoslanmaydi. Faqat indikator sifatida 


qo’llaniladigan o’lchash vositalarining old tomoniga “I” (indikator) belgisi 
qo’yiladi. O’lchash vositalarini indikatorlar guruhiga metrologik xizmatga ega 
bo’lgan korxona (tashkilot)lar o’tkazishlari mumkin, bunda uning nizomi vazirlik 
(idora) metrologiya xizmati nizomi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, “O’zstandart” 
agentligi bilan kelishilgan bo’lishi kerak. O’lchash vositalarini indikatorlar 
maqomiga o’tkazish mas’uliyati metrologik xizmat rahbari zimmasiga yuklanadi. 
Indikatorlar maqomiga o’tkazilgan o’lchash vositalari maxsus ro’yxatga kiritiladi va 
unda o’lchash vositalarining turi, zavod nomeri (tartib raqami), ishlatish bo’yicha 
vazifalari tavsifi ko’rsatiladi. Indikatorlar sifatida qo’llaniladigan o’lchash vositalari 
ro’yxati nusxasini “O’zstandart” ning xududiy organiga topshiriladi. Agar 
metrologik nazorat o’tkazish vaqtida o’lchash vositalari indikatorlar maqomiga 
noto’g’ri o’tkazilgan yoki ularning vazifasi ro’yxatda ko’rsatilganiga mos kelmasa, 
u holda o’lchash vositalari - indikatorlar ro’yxati bekor qilinadi, metrologik xizmat 
o’lchash vositalarini indikatorlarga o’tkazish huquqidan ajraladi, o’lchash vositalari 
esa qiyoslashdan o’tkaziladi. 
O’quv maqsadlarida (namoyish etish) qo’llaniladigan o’lchash vositalari davriy 
qiyoslashdan o’tkazilmaydi. Unga “O’” (o’quv) belgisi qo’yiladi. Boshqa maqsadlar 
uchun ular qo’llanilishi mumkin emas. Ularning sozligi tegishli qoidalar bilan 
nazorat qilinadi va o’quv jarayoni talablariga mos bo’lishi kerak. 
Ishlatilayotgan va saqlashga qo’yilgan o’lchash vositalarini qiyoslashni ma’lum 
vaqt oraliqlaridan keyin -qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarda bajariladi. Qiyoslashlar 
o’rtasidagi oraliqlarni belgilashda ikkita o’zaro zid talabni hisobga olishga to’g’ri 
keladi, Bir tomondan, ravshanki, qiyoslash qancha tez-tez o’tkazilsa, o’lchash 
vositalarining metrologik ishonchliligi shuncha yuqori bo’ladi va, demak, 
qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni qisqartirish lozim. Biroq o’lchash vositalarini 
qiyoslash qiyoslashning o’ziga ham, ishlab chiqarish sohasidan o’lchash vositalarini 
jalb qilinishi va almashtiruvchi o’lchash vositalari fondini yaratish zarurligi 
natijasida ham ancha kam iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi. Buni hisobga olinsa 
qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni maksimal oshirish lozim. SHuning uchun 
qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqni tanlash muhim texnik-iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Optimal qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni tanlash masalasi yetarlicha murakkab 
bo’lib, hali tugal hal qilinmagan. Bu oraliqning tanlanishiga ta’sir ko’rsatadigan 
omillarning xilma-xilligi bilan bog’liqdir. O’lchash vositalarining xatoligi ishlatilish 
jarayonida o’zgarmas bo’lib qolmaydiva ayrim hollarda ularning qiymatlari mazkur 
o’lchash vositalari uchun ruxsat etiladigan aniqlik klassidan oshib ketishi mumkin. 
SHu munosabat bilan ba’zi mamlakatlarning (AQSH, Kanada) milliy metrologiya 
xizmati laboratoriyalarida qiyoslash natijalarining amal qilish muddati 
ko’rsatilmaydi va bu bilan qiyoslashda aniqlangan xatoliklar (tuzatmalar) qiymatlari 


faqat qiyoslash vaqtida to’g’riligi va vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkinligi 
ta’kidlanadi. 
Xatolik ruxsat etiladigan chegaralardan qachon ortib ketishini iste’molchining 
o’zi hal etishi lozim. Buning uchun, ravshanki, xatolikning o’zgarish jarayoni 
modeliga ega bo’lish lozim. 
Amaliyotda qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlarni aniqlashning bir necha 
metodlaridan foydalaniladi. Bularning hammasi quyidagiga asoslanadi: o’lchash 
vositalari joriy xatoliklari o’zgarishining matematik kutilishi va dispersiyasi vaqt 
ichida o’zgaradigan tasodifiy nostatsionar jarayondir. Bu jarayonning parametrlari 
o’lchash vositasining faqat turiga emas, balki ishlatish sharoitlariga, ishlatilish 
intensivligiga ham bog’likdir. Qiyoslash oralig’ining qiymati ruxsat etiladigan: 
ishlamay qolish ehtimolligiga (metrologik yaroqlilik koeffitsientiga) ham bog’likdir. 
Bu to’rtta asosiy omilni qiyoslashlar o’rtasidagi hisoblashda asos qilib olinishi 
mumkin. 
Ba’zi o’lchash vositalari uchun bu omillar bir xildir. Masalan, barcha ishchi 
etalonlar laboratoriya sharoitlarida, temperatura va namlik doimiy bo’lganida, 
silkinishlar, vibratsiyalar, tajovuzkor muhit bo’lganida ishlatiladi. Bu o’lchash 
vositalarini ishlatish intensivligi taxminan bir xil va faqat o’lchash vositalarining 
tipiga bog’liq. Ishlamay qolishning ruxsat etiladigan ehtimolligi ishonchlilik 
ehtimolligining funktsiyasi bo’lib, qiyoslash sxemasi bilan aniqlanadi. SHu sababli 
ishchi etalonlar uchun qiyoslashlar o’rtasidagi oraliqlar, bu vositalar davlat 
metrologiya organlarida yoki idoralar metrologiklar xizmatlaridan foydalanishidan 
qat’iy nazar, mamlakat doirasida bir xil qilib belgilanishi mumkin. Masalan, elektr 
kattaliklarining ishchi etalonlari uchun ushbu qiyoslash davriyligi belgilangan: 

o’lchash transformatorlari - 5 yilda 1 marta; 

sig’im, o’zgaruvchan tok induktivligi va sig’imi o’lchovlari -2 yilda 1 marta; 

elektr kattaliklarining boshqa ishchi etalonlari - biryilda 1 marta. 

topish shakliga sezuvchanlik bu ta’sirni yanada kuchaytirish mumkin. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə