6-mavzu: O’lchash natijalarining yakuniy ko’rinishini taqdim etish


Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayotgan O’V uchun navbatdan



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#116678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 6

Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayotgan O’V uchun navbatdan 
tashqari qiyoslash quyidagi hollarda o’tkaziladi: 

qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o’tgandan keyin o’lchash vositasidan 
butlovchi sifatida foydalanilganda

qiyoslash tamg’asi, plombasi, shikastlanganda yoki O’V ning birlamchi yoki 
davriy qiyoslashdan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo’qolganda; 



agar qiyoslash tamg’asining yoki o’lchash vositasining qo’llanishga 
yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo’lsa, 
saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; 

qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan O’V ni tayyorlovchi 
korxona iste’molchiga yetkazib berishda. 
O’lchash vositasining holati va qo’llanilishini davlat nazoratidan va mahkama 
tekshiruvidan o’tkazishda O’V ning qo’llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun 
inspektsion qiyoslash o’tkaziladi. O’V ni inspektsion qiyoslash natijalari davlat yoki 
mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi. 
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o’tkaziladigan vositalar: 

davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’ektlarining namunaviy 
o’lchash vositalari; 

o’zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O’V sifatida yoki 
tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo’yicha ishlab chiqarilgan O’V; 

nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo’lgan 
O’V; g) priborlarni ta’mirlovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari chiqargan
ta’mirdan keyin boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga berish uchun 
mo’ljallangan O’V; 

milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o’lchash 
vositalari; 

davlat arbitraj idoralari tomonidan ekspertiza o’tkazishda, shuningdek 
bojxona tekshiruvida o’lchashlar uchun qo’llaniladigan O’V; 

o’lchash uchun ishchi O’V sifatida qo’llaniladigan, o’lchash natijalari: 

tabiatni muhofazalash; 

sog’liqni saqlash; 

mehnat xavfsizligini ta’minlash; 

barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash; 

ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;aloqa 
tizimlarini ta’minlash; 

xo’jaliklararo o’zaro hisoblashlar;savdoning barcha turlari; aholiga pulli 
xizmatlarning barcha turlari uchun qo’llaniladigan O’V. 
O’lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi 
berilaganligi to’g’risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə