Nizomiy nomidagi



Yüklə 115,74 Kb.
səhifə12/13
tarix24.02.2023
ölçüsü115,74 Kb.
#101423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Jami

Juda past

Past

O’rta

Yuqori

Juda yuqori

20 ta

0

1 ta

5 ta

14 ta

0

100%

0

5 %

25%

70%

0

Ijodiy qobiliyatlar uchun maksimal ball 100 ball hisoblanadi. Bu bo’yicha ballar kesimi quyidagicha ifodlanadi: 0-10-ball juda past, 11-30-ball past,31-50-ball o’rta, 51-80-ball yuqori, 81-100-ball juda yuqori.


Natijalardan ko’rinib turibdiki 70% o’smir o’quvchilarda yuqori darajadagi, 25% o’smirlarda o’rta darajadagi, 5% o’quvchida past darajadagi ijodiy qobiliyatlar aniqlandi. Juda past va juda yuqori natijalar kuzatilmadi. Bizningcha 4 ta shkalalar darajasini oshirishga ijtimoiy muhit tomonidan ijobiy ta’sir o’tkazilsa va o’smirlarda ham o’sish ko’rsatgichlari yuqorilasa, ijodiy qobiliyatlari ham eng yuqori darajaga ega bo’ladi.


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Xulosa o’rnida shuni eslab o’tishimiz joizki, o’smirlarnig ijodkorlik qobiliyatining shakllanishiga turtki bo’ladigan asosiy xususiyat bu qiziquvchanlik hisoblanadi. Psixolog olimlarning ta’kidlab o’tishicha o’smirlik davri bu ijodiy qobiliyatlarning eng yaxshi shakllanadigan davri hisoblanadi. Shunday ekan o’smirlar turli xil soha va bilimlarga qiziqishi ortib borayotkan bir davrda, ularning qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, ularga tog’ri ilm yo’lllarini ko’rsatish kerak bo’ladi. O’qituvchi va ota-onalar tomonidan olib boriladigan to’g’ri samarali urinishlar o’smirning qiziqishlarini rivojlantirish va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirilishiga turtki bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Maktab psixologi tomonidan olib boriladigan psixologik ishlar ham o’smirlarning qiziqishlarini aynan qaysi bilim sohasiga ekanligini aniqlash mumkin. O’smirning ijodiy qobiliyati shakllanishida bilish jarayonlari ham bevosita ishtirok etadi. Mana shu bilish jarayonlari ham o’smirlarda turli xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ularning ham darajalari turlicha bo’ladi shunday ekan bu o’z navbatida ijodiy qobiliyatlar darajasiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
7-sinf o’quvchilarining qiziquvchanlik darajasi va tassavur darajasi boshqa shkaladigalarga (Murakkablik, tavakkalchilik) nisbatan baland chiqqanligidan shunday tavsilar berishimiz mumkin:

  • O’qituvchi tomonidan qizishlarini so’ndirmaslik, ularni qo’llab quvvatlash;

  • Ota-onalar farzandlarini qiziqishlari bo’yicha sharoit yaratib berishi;

  • Bilimga bo’lgan qiziqishi orqali o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalana olishi uchun ham maktab ham oila sharoitlarni yaratib berishi;

  • O’smirlarda tasavvur ham yuqori darajada turganligi sababli ularda xayoliy obrazlar yaratish va ularni hayotda ham qo’llash istagini ro’yobga chiqarishida ko’maklashish;

  • Bilimga , bilishga bo’lgan qiziquvchanlik ustunlik qilayotgan bir paytda darslarni to’g’ri tashkil etish, ilm , bilimdan sovutmaslik;

  • O’smirlarning qiziqishlari ortida turli bilim sohalari mavjudki shunga monand to’garak kurslarini tashkil etish;

  • O’smir qiziqishlari turli maqsadlar sari ildamlab borishida to’g’ri maqsadlar qo’ya olish istagini barqarorlashtirish;

  • Maktab psixologi tomonidan turli psixologik treninglar tashkil etish, chunki treninglar orqali sinfga, jamoaga qo’shilolmayotgan o’smirni jamoa safiga qo’shib olish orqali o’z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishiga imkon beradi;

  • O’smirlarda tavakkalchilikka urinishlaridagi turli qo’rquv, havotirlarni olib tashlashga xizmat qiluvchi psixologik ishlar tashkil etish;

  • O’smirlarda murakkablik darajasi boshqa shklalarga nisbatan past chiqqanligi sababli buni oshirish uchun ularni mustaqil biror mashq, vazifa, turli ishlar bo’ladimi erkin bajarishiga yo’l qo’yib berish va yutuqlari rag’batlantirish maqsadga muvofiq bo’ladi;

  • O’tkazilgan metodika orqali o’smirlar ijodiy qobiliyati 48,2% ko’rsatkichi chiqqanligi sababli ularning ijodiy faolligi, qiziqishlarini yanada aniqlashtirish, rivojlantirish kerak bo’ladi. Bu yosh ortishi bilan yanada rivojlanishi yoki aksincha tushib ketishi mumkin. Lekin, yuqorida ta’kidlab o’tkanimizdek bizdagi ko’rsatgichning o’rta darajadan sal pastaligi bu ijodiy qobiliyatlar shu darajada ekanligiga ishora qilmasligi mumkin. Ayrim o’smirlar ijodiy qobiliyatni namoyon qilishda qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.



Yüklə 115,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə