Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o`’rgatish metodikasi



Yüklə 6,74 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,74 Kb.
#166248
Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish.


Mavzu : Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish.
Reja :
1. O`nli sanoq sistеmasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmеtik amallarning algoritmi.
2. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o`’rgatish metodikasi.
Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash:
a) Sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish usuli
b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli;
d) Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli
3) Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod olishga yetkazish) 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Masalan, «o‘nlik» mavzusini qo‘shish va ayirish amallarining manosi 2 to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish esa bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
O'quvchilarni matematikadagi arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasi. Bu mavzu ustida ishlashda o'qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quydagilardan iborat: 1) O'quvchilarni qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish; 2) Hisoblash usullaridan O'quvchilarni o'nlik foydalanishlarini ta'minlash; a) sonni qismlari bo'yicha qo'shish va ayirish usuli. b) Yig'indining o'rin almashtirish xossalaridan foydalanish qo'shish usuli. c) sonlarni ayirishda qo'shishning tegishli holini bilishdan yoki yig'indi va qo'shiluvchilardan biri bo'yicha ikkinchi qo'shiluvchilarni topish malakasidan foydalanadigan holda yig'indi bilan qo'shiluvchilar orasida bog'lanishlarni bilganlikda asoslanib ayirish usuli.
Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi holler hosil qilinadi. Muhim vazifalaridan biri hisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va yozma usulda hisoblashlar sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan. Masalan: og'zaki 276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang'ich matematika kursi asosini tashkil etadi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang'ich maktabda 4 yil o'qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik,
minglik, ko'p xonali sonlar konsentrlari bo'yicha kiritishni ko'zda tutadi. Har bir konsentr o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o'quvchilar u yoki bu chegara lar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o'rganadib boradilar, umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar.
Birinchi o'nlikni o'rganishda predmetlarni sanash, 1-10 gacha bo'lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to'plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so'ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o'rni bo'yicha sonlarning tarkiblarini) o'zlashtirib olish nazarda tutiladi. O'qitishning boshidanoq bolalarda ba'zi muhim umumlatirishlar shakllanib boradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
N.U.Bikbayеva, R.I.Sidеlnikova,G.A.Adambеkova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 1996-y. -512b.
M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2005-y.
M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.: O’qituvchi. 2006-y.
M.E.Jumayеv. “Boshlang’ich matеmatika o’qitish mеtodikasidan amaliy mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2005-y.
M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun ) ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2005-y.
M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b.
V.V. Danilova “Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnix uchrejdeniyax”. -M., 1987 y.
A.A.Stolyar "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". -M., 1988.
Yüklə 6,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə