Nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti


Bo‘lim bo‘yicha xulosalar



Yüklə 11,6 Mb.
səhifə14/127
tarix01.03.2023
ölçüsü11,6 Mb.
#101691
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
KIMYO FANI O`UM(УМК)

Bo‘lim bo‘yicha xulosalar.

● Kimyogarlar materiyaning tarkibi va xossalarini hamda ularning o‘zgarishini o‘rganadi.
● Har bir modda noyob fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega va shunga mos ravishda o‘zgarishlar ham fizikaviy va kimyoviy bo‘lishi mumkin.
● Materiya uchta fizikaviy holatlarda mavjud: qattiq, suyuq va gazsimon; ularni har birining xossalari zarrachalarning joylashishi bilan belgilanadi.
● Materiyadagi o‘zgarishlar energiya o‘zgarishlari bilan birgalikda kuzatiladi.
● Kimyoviy potensial energiya moddadagi zarachalarning holati va o‘zaro ta’siriga bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi. Yuqoriroq potensial energiya (moddaning stabilligi kamroq holat) o‘zining qiymatini kamaytirganda (moddaning stabilligi ko‘proq holat), uning bir qismi kinetik energiyaga o‘tadi.

    1. Bo‘lim bo‘yicha xulosalar.

● Ilmiy usul – turli xil xodisalarni tushuntirish uchun mo‘ljallangan jarayon.
● Xodisa qanday va nima uchun borishini kuzatish gipotezaga olib keladi. Hech qanday istisnolarsiz bir necha marta takrorlangan holda, ular tabiat qonuni ko‘rinishida ifodalanishi mumkin.
● Gipotezalar nazorat tajribalar bilan tekshiriladi va zarurat tug‘ilganda reviziya qilinadi.
● Agar qayta takrorlanuvchi ma’lumotlar gipotezaning to‘g‘riligini ko‘rsatsa, u holda kuzatilayotgan hodisani tushuntirish uchun model (nazariya) rivojlantiriladi. Qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘lgan holda model qayta ko‘rib chiqilishi, aniqlashtirilishi yoki inkor etilishi mumkin.

1.3. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari.


Birinchi birlik sistemasi 1790 yil Fransiyada ishlab chiqilgan bo‘lib, u “metrik sistema” deb atalgan. 1960 yil Fransiyada ushbu sistema qayta ko‘rib chiqildi va uning asosida universal birlik sistemasi – SI sistemasi ishlab chiqildi.
SI sistemasining tavsifli belgilari
SI sistemasi ettita fundamental birliklarga asoslangan bo‘lib, ularning har biri qandaydir fizikaviy kattalikni tavsiflaydi (1.1 jadval). Boshqa barcha o‘lchov birliklari ularning hosilalari va kombinatsiyalari xisoblanadi. Masalan, tezlik birligi bo‘lgan metr/sekund (m/sek) asosiy uzunlik birligi – metrni vaqtning asosiy birligi – sekundga bo‘lishga asoslangan. Asosiy birliklardan katta yoki kichik bo‘lgan birliklar uchun prefikslar yoki eksponensial ifodalardan foydalaniladi. SI sistemasidan foydalanish Angliya birlik sistemasidan foydalanishga nisbatan ancha yengilroq ekanligini ta’kidlash lozim.



Yüklə 11,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə