Nomoddiy akтivlar hisobi



Yüklə 134 Kb.
səhifə3/12
tarix20.09.2023
ölçüsü134 Kb.
#122691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1407758597 58448

Mualliflik huquqibu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo’li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar — o’z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko’paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o’z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Mualliflik huquqi bilan tartibga solinadigan ob’ektlarga kompьyuterlar uchun dasturlar, ma’lumotlar ba--zasi va shuningdek, ilm-fan, adabiyot, san’at asarlari misol bo’la oladi.
Mualliflik huquqi bilan boshqariladigan ob’ektlarni ro’yxatdan o’tka-zish shart emas. Muallif o’z asarini ob’ekt ko’rinishida namoyon qilishi va uni istalgan vaqtda ko’rsatib berishi shart. Mualliflik huquqi ob’ektlarni topshi-rishning huquqiy ko’rinishi, ya’ni mualliflik shartnomasidir. Ma’lum turdagi faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar misol bo’la oladi. Albatta, bunda litsenziya bir yildan ortiq muddatga berilgan bo’lishi kerak.
Kashfiyot agar yangi kashfiyot bo’lsa va sanoatda qo’llanila olsa yoki ma’lum bo’lgan asbob-uskunalar, shtamp, kimyoviy moddalardan yangicha tarzda ko’llanilsa, ular ham qonuniy ravishda himoyalanishi mumkin. Kashfiyotlarga patent 20 yilga beriladi va u kashfiyotning ustunliklarini, muallifligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi va uni ishlatishga huquq beradi.
Savdo markalari va tovar belgisi. Savdo markalari (Masalan: Nestle, Adi-das) yoki savdo namunalari (Koka-kola) kompaniyalar tomonidan mahsulot yoki xiz-mat uchun berilgan nomlar yoki identifikatsiyani aniqlovchi boshqa ramzlar ular egalik qilishni asosli ravishda olib borish uchun ruyxatdan o’tkazilishi mumkin. Ruyxatdan o’tkazilgan savdo markalari va savdo namunalarini keyingi yillarga ham muddatni uzaytirish yo’li bilan xizmat muddatini yangilab turish mumkin. Bu holda nomlar, ramzlar yoki mahsulot identifikatsiyasini belgilovchi boshqa ramz-lar huquqiy hisoblanadi.
Franchayzing — ma’lum bir formula, texnologiya yoki tashqi ko’rinishini qo’llash bo’yicha o’ziga xos huquq. Franchayzing (masalan: kabel televideniyasi kom-paniyasi) odatda hukumat organlari tomonidan davlat mulkidan foydalanish hu-quqiga egalik qilish yoki kommunal xizmat ko’rsatish (elektromontaj) uchun va xo’-jalik sub’ektlari tomonidan aniq bir ishlar va aniq xizmatlardan foy-dalanish huquqi bilan egalik qilish uchun taqdim qilinadi. Franchayzing to’g’risidagi har bir kontrakt uning amalda bo’lish davrini, shuningdek franchayzer (foydalanish huquqiga imkon beruvchi sub’ekt)ning hamda franchayzi (bu imtiyozni oluvchi sub’ekt)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə