Normal shakllar. Mukammal normal shakllar. Rostlik jadvali bo‘yicha mantiq funksiyalarining ko‘rinishini tiklash(2 soat). Reja


Ta’rif 2. A1, A2, …, An mulohaza o‘zgaruvchilarning yoki ularni inkorlarining kon’yunksiyasi kon’yunktiv birhad



Yüklə 40,6 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü40,6 Kb.
#158345
1   2   3
Mus ish (1)

Ta’rif 2. A1, A2, …, An mulohaza o‘zgaruvchilarning yoki ularni inkorlarining kon’yunksiyasi kon’yunktiv birhad deyiladi.
Misol. ⌐A1&A2&A3, ⌐A1&A2&A3&⌐A4, A&B, ⌐A&B, A&⌐C;
⌐(A&C) – kon`yunktiv birhad bo’la olmaydi, chunki agar qavs ochilsa, kon`yunktsiya amali diz`yunktsiya amaliga aylanib qoladi.
Ta’rif 3. A1, A2, …, An mulohaza o‘zgaruvchilarning yoki ularni inkorlarining diz’yunksiyasi diz’yunktiv birhad deyiladi.
Misol. ⌐A1\/A2\/A3 , .
Ta’rif 4. Kon’yunktiv birhadlarning diz’yunksiyaga diz’yunktiv normal shakl (DNSh) deyiladi.
Misol. ⌐A1&A2&A3 \/ ⌐A1&A2&A3&⌐A4 , A&B\/ ⌐A&B\/A&⌐C;
Ta’rif 5. Dizyunktiv birhadlarning kon’yunksiyasiga kon’yunktiv normal shakl (KNSh) deyiladi.
Misol. (⌐A1\/A2\/A3 )&(A1\/⌐A2\/⌐A3) .
Har bir formulaning cheksiz ko‘p KNSh, DNSh lari mavjud.
11.2.Mukammal diz’yunktiv va mukammal kon’yuktiv normal shakllar(MDNSH,MKNSH)
Ta’rif 1. Agar birhadda Ai yoki ⌐Ai formulalar juftligidan faqat bittasi qatnashgan bo‘lsa, A1, A2, …, An mulohaza o‘zgaruvchilarining kon’yunktiv yoki diz’yunktiv birhadlari mukammal deyiladi.
Ta‘rif 2. Agar kon’yunktiv normal shaklda A1,A2,…,An mulohaza o‘zgaruvchilarning takrorlanmaydigan mukammal diz’yunktiv birhadlari qatnashgan bo‘lsa, u holda mukammal kon’yunktiv normal shakl (MKNSh) deyiladi.
Ta‘rif 3. Agar diz’yunktiv normal shaklda A1,A2,…,An mulohaza o‘zgaruvchilarning takrorlanmaydigan mukammal kon’yunktiv birhadlari qatnashgan bo‘lsa, u holda mukammal diz’yunktiv normal shakl (MDNSh) deyiladi.
Misol 1. A&B\/⌐A&B\/A&⌐B – MDNSh;
(⌐A1\/A2\/A3 )&(A1\/⌐A2\/⌐A3) – MKNSh bo‘ladi.

Yüklə 40,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə