19. Bir tekislikdagi 10 ta to‟g‟ri chiziqdan 4 tasi o‟zaro, boshqa 6 tasi
o‟zaro paralleldir. Bularning kesishishlari bilan nechta parallelogram hosil
bo‟ladi?
20. 3 ta erkak va 3 ayol orasidan faqat bitta ayol bo‟lgan 3 kishilik gruppa
necha usulda tanlanishi mumkin?
21. 10 sportchi qatnashgan bir musobaqada kuchli uchlikni necha usulda
tanlab olish mumkin?
22. Hech bir uchtasi bir to‟g‟ri chiziqda yotmaydigan 18 ta nuqta orqali nechta
to‟g‟ri chiziq o‟tkazish mumkin?
23. Shaxmat turnirida 14 ta o‟yinchi ishtirok etdi. Agar har bir o‟yinchi
boshqalar bilan aniq bir partiyadan o‟yin o‟tkazgan bo‟lsa turnirda necha
partiya o‟yin o‟ynalgan?
24. Brigadir ishga 12 kishilik guruhdan 5 kishini yuborishi kerak? U besh
kishilik ishchi guruhni necha usulda tanlab olishi mumkin?
25. 80 nafar askar va 3 nafar ofitser orasidan uch nafar askar va bitta ofitserdan
iborat bo‟lgan tarkibni necha usulda tanlab olish mumkin?
26. Agar guruhda 6 ta hujumchi, 3 ta yarimhimoyachi, 6 ta himoyachi va 1 ta
darvozabon bo‟lsa , ular orasidan bitta darvozabon, 4 ta himoyachi, 3 ta
yarimhimoyachi va uchta hujumchini necha usulda tanlab olish mumkin?
27. Matematika to‟garagida 20 ta, fizika to‟garagida 23 ta, kimyo to‟garagida 12
ta, tarixchilar to‟garagida 19 ta o‟quvchi bor. 4 ta matematik, 5 ta fizik, 3 ta
kimyogar va 6 ta tarixchidan iborat guruhni necha usulda tanlab olish
mumkin?
27
28. 15 kishilik guruhdan bitta brigadir va 4 ta brigada a‟zosini necha usulda
tanlab olish mumkin?