Novda va kurtakning tuzilishi, novda metamorfozi


O’simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə3/5
tarix27.01.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#99487
1   2   3   4   5
Novda va kurtakning tuzilishi, novda metamorfozi

O’simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o’simlik hayot kechirish davri bilan bog’liqdir. Ba’zi o’simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o’simliklar 5000 yil hayot kechiradi.
O’t o’simliklar poyasi vegetatsiyasinig oxirida o’z faoliyatini tugatsa, daraxt o’simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
Quyida ayrim o’simlik poyasining yashash davrlari ko’rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 5000. Kiparis 3000. Eman 1200. Tilog’och 500. Olma 200.
O’tsimon poyali o’simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko’p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o’simliklar bir vegetatsiya davrida o’z faoliyatini tugallab, kuzga borib xalok bo’ladi. masalan: Bug’doy, kanop, arpa, sholi va hokazo.
Ikki yillik o’simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp.
Ko’p yillik o’tsimon o’simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xsusiyatiga ega bo’ladi.
O’simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin.
1. Daraxtlar.
2. Butalar.
3. CHala butalar.

Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo’lib undan yon shoxlar hosil bo’ladi. Ularning poyasi yerdan bir necha metrgacha kutarilib turadi.


Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo’g’izidan hosil bo’ladi, bo’yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho’l o’simliklari kiradi.
CHala butalar poyaning pastki qismi yog’ochlashib po’kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo’lib, qishga borib xalok bo’ladi. masalan: shuvoq, astragal, o’lmas o’t kabilar.
Novdada barglar joylanishi. Novdada barglar quyidagi tartibda joylashadi: 1. Navbat bilan yoki spiralsimon 2. Qarama - qarshi 3. Mutovka shaklida. Bunday joylanishining asosiy mohiyati novdadagi barglar quyoshdan keladigan nurlarni tusmaslik qonuniga amal qiladi.
Navbat bilan yoki spiralsimon joylanishda barg har bir bug’inida bittadan joylashadi. Ular takrorlanib ikki barg oralig’ida hosil bo’lgan spiral barg sikli deyiladi. Barg siklida joylashgan barglar spirali soni kasr suratiga, undagi barglar soni maxrajiga yozib ko’rsatiladi. Masalan: 1/2, 1/3, 2/5, 3/8, 5/13.1/2 sondagi barg joylanishi galla guldoshlar oilasiga, 1/3 lolada, 2/5 olma, olxuri, nokda uchraydi.

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə