Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə29/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
MAVZU

1.Kollenxima.

2.Sklerenxima.

Kollenxima 2 xil bo‘ladi: Burchakli va plastinkali.Kollexima tirik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, unda fotosintez protsesslar bo‘lib turadi. Poyada ko‘proq burchakli kollenxima uchraydi. Bunday hujayralarning faqat 4 ta burchagi yog‘ochlangan bo‘ladi. Sklerenxima hujayralari hamma tomonidan yog‘ochlangan ya’ni o‘lik bo‘ladi. Sklerenxima poyaga qattiqlik beradi. Kollenxima esa 2 xil vazifani bajaradi. Poyaga elastiklik berish va oziq moddalarni tayyorlash va to‘plash. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari poyaning markaziy slindrida, ya’ni asosiy to‘qimalarida doira bo‘yicha, odatda bir qator, ba’zan ikki qator joylashgan. O‘tli ikki pallali o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari ochiq (floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bor) hamda kolloterial (ksilemaning bir tomoniga floema joylashgan) yoki bikolloterial (ksilemaning har ikki tomoniga floema joylashgan) tipda tuzilgan. Masalan: Oshqovoq poyasidagi o‘tkazuvchi to‘qima shunday tipda tuzilgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘larining orasida oraliq kambiydan yangi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lari hosil bo‘lib turadi. Bu yangi hosil bo‘lgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari birinchi hosil bo‘lgan bog‘lamlarga nisbatan kichikroq bo‘ladi. To‘plam oralig‘idagi kambiy oldingi bog‘lamlardagi kambiy bilan qo‘shilib, kambiy halqasini tashkil qiladi. Ksilema kambiy halqasining ichki tomonidan, floema esa tashqi tomoniga joylashadi. Poyaning markazida odatda o‘zak bo‘ladi. Labsimongullilar oilasiga, soyabon gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklar poyasining o‘zagi tez fursatdat nobud bo‘lib, poyaning ichi kovak bo‘lib qoladi (shalfey,yalpiz,sabzi,ukrop,tmin).O‘zakning chetki hujayralari tirik saqlanib qoladi.Markazdagi hujayralarning po‘sti yog‘ochlanadi, ya’ni o‘lik bo‘ladi.



Yog‘ochli o‘simliklarning poyasi yosh davrida epidermis bilan, keyichalik ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma bilan o‘ralib oladi. Peridermani probka kambiysi, ya’ni fellogen ishlab chiqaradi. Fellogen o‘zidan yuqoriga fellemani, ichkariga fellodermani ishlab chiqaradi. Fellogenning o‘zi epidermisdan yoki po‘stloqning tirik hujayralaridan hosil bo‘ladi. Probka bilan qoplangan qavat o‘zidan suv va havoni o‘tkazmaydi. Probka bilan qoplangan poyalarda chechevichkalar bo‘ladi. O‘simlik chechevichka orqali nafas oladi hamda ortiqcha suvlarni bug‘latib turadi. Peridermaning ichkarisida birlamchi po‘stloqning hujayralari joylashgan. Ularda oziq moddalar to‘planadi. Ba’zan bu hujayralarda kristallar ham uchraydi. Masalan: Lipaning poyasida ko‘rish mumkin. Ba’zi bir o‘simliklarning po‘stlog‘ida smola yo‘llari yoki efir moylari ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar joylashgan bo‘ladi. Poyaning markaziy slindri peresikldan boshlanadi. Peresikldan ichkarida, ya’ni ikkilamchi po‘stloqda floema joylashgan. Poyaning yog‘ochli qismi ksilema va o‘zakdan iborat. Ksilema bilan floema o‘rtasida kambiy bo‘linib ko‘payib turadi. Kambiy hujayralari faqat qishda bo‘linishdan to‘xtaydi. Kambiy o‘zidan yuqoriga floema elementlarini ichkari tomonga esa,ksilema elementlarini ishlab chiqaradi. Floemaga nisbatan ksilema qismi bir necha marotaba ortiq ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham poyaning po‘stloq qismiga nisbatan yog‘ochlik qismi qalin bo‘ladi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismiga qarab, yoshini aytish mumkin. Kambiyning kuzda ishlab chiqargan suv naylari mayday, qalin po‘stlik, ksilema elementlari zich joylashgan bo‘ladi. Natijada bahor bilan kuz o‘rtasida yillik chegara halqa hosil bo‘ladi. Bu halqalarni yillik halqa deyishadi. Yillik halqalarning soniga qarab, o‘simliklarning yoshi aytiladi. O‘zakdan po‘stloqqa qarab o‘zak nur hujayralari joylashgan bo‘ladi. O‘zak nur hujayralari po‘stloqqa suv va mineral moddalarni, po‘stloq-dan markazga esa,organik moddalarni o‘tkazadi. Daraxtlarning yog‘ochlik qismi markaziy tomoni Yadro bo‘lib hisoblanadi. Markazda bo‘lgan suv naylari berkiladi. Suv naylari hamda ksilemaning parenxim hujayralarining po‘sti oshlovchi moddalar, smola yoki boshqa organik moddalar bilan sug‘oriladi. Shuning uchun daraxtning poyasi juda mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ham paxtaning poyasi duradgorlikda ishlatiladi. Daraxtlarda Yadro 30 yilda tuziladi. Yadroning qattiqligi o‘simlikning yoshiga bog‘liq emas, ob-havoga, tuproqqa bog‘liq.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə