Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari


Yadro tuzilgandan so‘ng ksilemaning Yadro



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə30/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
MAVZU

Yadro tuzilgandan so‘ng ksilemaning Yadro atrofidagi yosh qismi o‘tkazuvchanlik vazifasini bajarib turadi.

Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.

Igna bargli daraxtlar yog‘ochi asosan traxeidlardan tashkil topgan bo‘lib (1-rasm), ancha gomogen va bir tarzdadir. Zich jipslashgan traxeidlar bu yerda, bir vaqtning o‘zida suv o‘tkazuvchi va mexanik tizimlarishini bajaradilar. Suv naylari yo‘q. Parenxima yog‘och nurlari va smola yo‘llarining (agar ular bo‘lsa) bezli epiteliysidan tashkil topgan.

Traxeidlar va yog‘och nurlarining parenxima hujayralari orasida yarim hoshiyalangan teshiklar (poralar) hosil bo‘ladi. Bunday teshiklar (poralar) ayniqsa qarag‘ayda ancha yirik. Yog‘och nurlarining yuqori va pastki chegaralari bo‘ylab nurli traxeidlarning tasmasi o‘tadi. Nurli traxeidlar – bo‘ylamasiga cho‘ziq, devorlarida hoshiyalangan teshiklari (poralar) bor o‘lik hujayralardir. Ushbu hujayralar radial suv transportini ta’minlaydilar.



Smola yo‘llari nurlarda qisman bo‘ylama va qisman radialdir. Ular igna bargli daraxt tanasidagi o‘zaro bog‘liq naylar tizimini tashkil etadi. Ignabargli daraxt tanasi jarohatlanganda oqib chiqadigan smola jarohat joyida antiseptik “пластырь” hosil qiladi. Daraxt tanasi zararlanganda qo‘shimcha smola yo‘llari hosil bo‘ladi. Oqqarag‘ay (pixta) smola yo‘llari yo‘q zararlanmagan yog‘och zararlanadigan bo‘lsa travmatik smola yo‘llari hosil bo‘ladi. O‘rta kengliklarda o‘sadigan daraxtsimon o‘simliklarda ikkilamchi yo‘g‘onlashuv aprelning oxirlaridan sentyabrning boshlarigacha bo‘lgan davr bilan cheklangan. Ya’ni, ushbu jarayon diskret ro‘y beradi. Bunda iyul oyigacha ertangi yog‘och hosil bo‘lsa, keyinchalik davom etayotgan kambiy faolligida kechki yog‘och hosil bo‘ladi. Kechki yog‘och traxeidlari ertangi yog‘och traxeidlari qaraganda qalinroq devorlarga va mos ravishda ingichkaroq bo‘shliqlarga egadirlar. Ammo ertangi yog‘ochdan kechki yog‘ochga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshadi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə