Nuqtaning qudrati Mir Alisher Navoiy o‘z g‘azallarini zamonasining eng zo‘r bilimdoni xattotlariga



Yüklə 34,5 Kb.
tarix19.03.2022
ölçüsü34,5 Kb.
#84589
7-sinf diktant imtihon uchun


Nuqtaning qudrati

Mir Alisher Navoiy o‘z g‘azallarini zamonasining eng zo‘r bilimdoni - xattotlariga1 ko‘chirtirardi. Nima bo‘ldi-yu, o‘z xattotining tobi qochib qoldi. Bundan xabardor bo‘lgan, o‘zini mashhur xattotlardan deb yurgan bir kishi “Rozi bo‘lsalar, Alisher Navoiyning xizmatlarini jonim bilan bajarardim”, debdi.

Shoir uning bu gapini eshitib, she’rlarini ko‘chirtirishga beribdi. Bir kuni katta mushoirada2 Alisher Navoiyning qulog‘iga “Malikul shuaroning3 o‘zlari nuqson qusurcha yo‘l qo‘yibdilarmi, boshqalardan nimani ham kutish mumkin”, degan gap qulog‘iga chalinibdi.

Gap nimadaligini darrov fahmlagan shoir yaqinda ko‘chirtirgan g‘azallarni olib o‘qidi, qarasa o‘zi aytgan gap emasmish. Maqtanchoq xattot tushmagur “ko‘z” so‘zidagi bir nuqtani tushirib qoldirganidan, bu so‘z “ko‘r” bo‘lib qolgan va she’r ma’nosi o‘zgarib, aksincha chiqqan ekan.

Alisher Navoiy ahli fozillarga4 qarab:

– Ko‘zimni ko‘r qilgan ko‘r bo‘lsin!– debdi-da, xattotga javob berib yubordi.

(“El desa Navoiyni ” kitobidan. 119 so‘z)


Orzular oshiyoni
Mustaqillik maydonida yangidan qad rostlagan betakror inshootlardan yana biri, bu ezgulik arkasidir. Arka azaldan “Kirish joyi, tabarruk ostona”, degan ma’nolarni anglatadi. Darhaqiqat, mamlakatimizning bosh maydoni xalqimizning, mamlakatimizning asrlar davomida ko‘nglida bo‘lgan ulkan orzu-niyatlari ushalganligining ifodasidir.

O‘zini O‘zbekiston fuqarosiman, deb hisoblagan har bir inson o‘z hayoti mobaynida, loaqal bir marta ezgulik arkasiga kelishi, shu yerning havosidan to‘yib nafas olishi, shunday baxtga musharraf bo‘lganidan ko‘nglida g‘urur sezishi kerak. Shunday tuyg‘uni his etgan ota-ona bu haqda farzandlariga o‘qitishi lozim.

Bu maskanga qadam qo‘ygan har qanday inson qalbida faqat ezgu tuyg‘ular barg yozadi. Biz yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarga ezgulik arkasini bajonidil ko‘rsatishga hamisha tayyormiz.

Ezgulik arkasining muhim jihati shuki, u ham bo‘lsa, mazkur maydonning xalqimiz hayotida tutgan ma’naviy ahamiyatidir. Ayniqsa, yangi oila qurayotgan yoshlar uchun bu maskan hayot yo‘lini boshlab beruvchi yorug‘lik timsoli bo‘lib qoladi.

“Ezgulik arkasi” farzandlarimiz uchun chinakam orzular oshiyoni bo‘lib qolsin.

(Sh. Jabborov. 142 so‘z)



Olim boboning hikoyasi

Olim bobo mahalladagi mo`ysafidlarning eng keksasi. Buning ustiga u katta bog`bon. Bobo gul va daraxtlar tabiatini yaxshi biladi. Uning mehribon, shirin so`zligini ayting. Kishining dilidagini topib gapiradi. U bilan suhbatlashgan kishi yonidan jilmasam deydi. Bobo go`yo ajoyib tirik kitob. Shuning uchun ham Olim boboni hamma o`z otasidek sevadi, hurmat qiladi. Maslahatlarini jon-u dil bilan bajarishadi.

Mana bolalar zoriqib kutgan kun ham yetib keldi. Bir mahal oppoq kiyingan Olim bobo salmoq bilan qadam tashlab kirib keldi. Olim bobo bolalar bilan so`rashgach, chinor tagidagi kursiga o`tirdi.

– Chiroqlarim, – deb gap boshladi bobo hassasiga suyanib, – O`tgan zamonlarda maktabingizning o`rni past-baland, kultepa bo`lib yotgan yaydoq – bo`sh joy edi. Men yosh bolaman. Bir kuni mahallamizdagi savdogar boyning Norqul degan xizmatkori yoshlarni to`plab, o`sha joyga ko`chat ekib, obod qilishga chaqirdi. Buni bizlar xursand bo`lib qabul qildik. Norqul ota o`zi birinchi bo`lib, o`rik, qayrag`och va chinor o`tqazdi. Bizlar ham ko`cha va maydonlarga juda ko`p ko`chatlar o`tqazdik. Marzalar yasab, gullar ekdik. «Inson qo`li gul, bolalar! – dedi Norqul ota suyunib, – mana, qaqrab yotgan yer, bo`stonga aylandi!».



( Yoqubjon Shukurov. 167 so’z.)

1Hattot – Chiroyli va aniq yozadigan odam.

2Mushoira – Ikki yoki bir necha shoirning bir mavzuda bir-birining fikr va tuyg`ularini rivojlantiradigan she’r aytish musobaqasi.

3Malikul shuaro – O`tmishda eng o`tkir shoirlarga berilgan unvon va saroyda shunday shoirga berilgan unvon.

4Fozil – fan asoslarini yaxshi egallab olgan kishi, olim.

Yüklə 34,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə