Nurmuhammedova gulhayoning axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishi



Yüklə 1,78 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#158933
gulhayo presentation11


Tekshirdi : Mallayev Ravshan
NURMUHAMMEDOVA GULHAYONING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU :
Ta’lim tizimini tashkil etishda
internet xizmatidan foydalanish
1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali
ma’lumot almashish imkoni paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar
yordamida Moskvaga yoki boshqa shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshira
boshladilar. Ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan.
1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshlagan. U tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan. Shundan
so‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari
tashkil etilgan. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlangan.
Nurmuhammedova Gulhayo
Nurmuhammedova Gulhayo
FidoNet matnli ma’lumotlarni jo‘natish global tarmog‘i ishga tushdi. Relcom – ilk
elektron pochta tarmog‘i ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400
bodgacha bo‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati
tug‘ildi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari
tomonidan ko‘rsatilgan. 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish
tarmog‘iga asos solindi.
1996 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning
O‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etildi. Keyinchalik bu UzNet
nomi bilan tanilgan. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini
boshladi.
Replace the icon in the diagram
Nurmuhammedova Gulhayo
1997-1999 yillar. Internetning misli ko‘rilmagan rivojlanish davri. Har bir provayder
xalqaro Internet tarmog‘ida o‘zining mustaqil kanaliga ega bo‘ldi. Ba’zi birlarida
Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud
bo‘lgan. O‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi.Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Internetdan bir soat foydalanish bahosi
600 so‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bo‘yicha bu o‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bo‘lgan. Muayyanyo‘nalishlar bo‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga o‘ta boshladi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini ko‘rsata boshladi.
Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa o‘rnatish tajribasi qo‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini joriy qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila
boshlandi.
Nurmuhammedova Gulhayo
1999 yil. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori
imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet
tarmog‘iga ulanish O‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi
litsenziyani olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari
operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan,
shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini
rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy
tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib
belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish
vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish to‘xtatildi.
Nurmuhammedova Gulhayo
UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga o‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini
UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi
jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali
o‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem
bo‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. O‘sha mahalda UzPAK xizmatlari narxi
boshqa provayderlarnikidan yuqori bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, asinxron aloqa
foydalanuvchilari soni o‘sib borgan.
UZ milliy domenini ro‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor
Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
O‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter
xurujlariga tezkor choralar ko‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv
tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining
o‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli
imzoni ro‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX
texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini ko‘rsatishni boshladilar. Internet
foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10
millionga yetdi.
Nurmuhammedova Gulhayo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Krizisga qarshi dasturga kiritilgan
qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1073-son qarori asosida 2009 yilgacha aloqa va
telekommunikatsiya ob’ektlarini, xususan milliy va hududiy ma’lumotlar almashish
tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shimcha choralari belgilab olindi. Mobil aloqa
operatori «MTS – O‘zbekistan» mamlakat hududida 4G (4-avlod) mobil tarmog‘ini
qurish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi
Nurmuhammedova Gulhayo
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə