51
12.
Tibbiy fanlar
– shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri
rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan
ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv,
shuning-
dek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini
o‘rganishda ko‘maklashadi.
13.
Ijtimoiy pedagogika
–
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ular-
ni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini sa-
marali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratil-
gan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya
berish
orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi.
Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning
egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbi-
ya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni,
vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi
bilan izohlanadi.
Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib
borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmagan-
ligi hisobga olinadi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazi-
falari.
Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy
ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmand-
lik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy).
Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan.
Muloqotga ehti-
yojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni
o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyat-
da ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga ni-
malar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim.
Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga
jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin
(V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqish-
dan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan aha-
miyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: