Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari
– ta’lim-
tarbiya jarayonlarini rivojlantirish, xalq maktabgacha pedagogikasi 
g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
11. 
Madaniyatshunoslik 
– bolalarda insoniyat tomonidan yara-
tilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni 
shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish 
uchun xizmat qiladi.


51
12. 
Tibbiy fanlar 
– shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri 
rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan 
ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuning-
dek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini 
o‘rganishda ko‘maklashadi.
13. 
Ijtimoiy pedagogika
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ular-
ni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida 
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini sa-
marali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratil-
gan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish 
orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. 
Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning 
egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbi-
ya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, 
vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi 
bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib 
borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmagan-
ligi hisobga olinadi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazi-
falari.
Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy 
ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmand-
lik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). 
Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehti-
yojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni 
o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyat-
da ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga ni-
malar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. 
Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga 
jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin 
(V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqish-
dan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan aha-
miyatga egadir.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə