Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

4. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish 
asoschisi. 
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824–1870) rus burjua-
demokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning 
asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash naza-
riyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi 
bilan bog‘lagan.
Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g‘oyasi 
xalqona
tarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning 
u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shart-
sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. 
Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan 
olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni 
egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy 
kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning 
vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot 
K.D.Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o‘rinlardan 
birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy ona tilini 
birlamchi o‘qitishning uchta asosiy 
maqsadlarini
shakllantirgan:
I.
So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;
II.
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari
-
dan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egal-
lashga jalb qilish.
III.
Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket 
emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning 


46
«Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevich-
ning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan 
bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos 
yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni 
muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar 
qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismi-
dan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez ay-
tish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning 
o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondosh-
lari – Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, 
Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar 
va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtir-
gani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab 
boradi.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, 
uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, 
lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini 
alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli 
shakllarini taklif qilgan:
• 
bolalar hayotidan hikoyalar;
• 
bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga 
kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi 
umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;
• 
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga ja-
vob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib ber-
ishni o‘rgatadi;
• 
bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy 
mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tut-
gan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mus-
taqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – meto-
dikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning 


47
rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivoj-
lantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asos-
lash imkonini berdi. 
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar bosh-
lanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan 
ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida 
qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol 
rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoi-
dalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshi-
rish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning 
ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. 
Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari 
bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib 
berilgan.
Xulosa:
– Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola 
hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar 
va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri 
tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan 
iborat.
– Ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va 
so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan 
va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun 
o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.
– Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining 
yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tu-
shunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.
– Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari
-
dan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egal-
lashga jalb qilish kerak.
– Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-
ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.


48

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə