Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Forobiy inson baxt
– saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – sao-
datli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shahar-
ni boshqaradigan hokim tabiatdan: 
1 – sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi-
yinchilik sezmasligi;
2 – tabiati nozik, farosatli; 
3 – xotirasi mustahkam
4 – zehni o‘tkir, 
5 – o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq, 
6 – bilim-ma’rifatga havasli, 
7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ocho-
fat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa 
o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi, 
8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, 
yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan, 
9 – o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,
10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan
11 – adolatparvar, 
12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi. 


39
Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.
Ibn Sino
(980–1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondash
-
gan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham 
chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbi-
ya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik 
ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri 
talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jis-
moniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar 
o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati 
va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. 
«
Tib qonunlari
»
ning 
«Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, 
bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohi-
da e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i – ya’ni otaga 
beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar-
biyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, 
bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi 
va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiya-
chi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi 
yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim.
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xu-
susiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga 
chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. 
O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik 
(bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); 
bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq 
tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; 
o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatuguncha bo‘lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyin-
chiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ke-
tishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda 
bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni 
sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.


40
Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chuqur anglagan va ijobiy 
omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan 
biri deb bilgan.
Ayniqsa,

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə