41
U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy
Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi
bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab
yangi maktablar quri-
lishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilarni savodsizlikni bartaraf etish
ishlariga jalb qiladi.
Avloniy pedagogika bilim yurti, O‘zbekiston O‘lka ma’rifat
instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, O‘rta Osiyo davlat univer-
sitetida ishlagan kezlari ham ma’rifat
tarqatish ishiga butun kuch-
g‘ayratini sarfladi.
Tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho-
girdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari
lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga
tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar.
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tar-
biya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axlo-
qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek olimi, shoiri,
professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy –
o‘gitlaridan namunalar:
«
Hayo, nomus omonat dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildir
».
«
Ko‘paygan so‘zni bo‘lg‘ay to‘g‘risi oz,
Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lur soz
».
«
Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ko‘rgan, qilgan va bilgan-
larining haqiqatini va to‘g‘risini so‘zlaydilar
»…
«
G‘azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir
».
«
Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat
,
yo saodat – yo falokat masalasidir
».
«
Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biri-
dan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan
kabidur
».
«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asar-
lar muallifi.
Dostları ilə paylaş: