Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va 
metodik ishlari. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivoj-
lantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim 
tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga ol-
gan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi 
katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni 
nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash 
maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning 
yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
– tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
– o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala 
qila olish;
– suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera 
olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish
izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq-
dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish 
zarur bo‘ladi(
1-jadval
). 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson 
o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar 
bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar 
o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.


55
1-jadval
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida aso-
san monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish 
ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar 
shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun 
yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon 
etadi.
Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan mu-
rakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola 
monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, ting-
lovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-mulohazalaridan qanday
-
dir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, 
monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga 
oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz 
qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bo-
laga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan 
so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan 
«noqulaylik»ni his etadi.
Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushu-
narli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira 
va mantiqiy fikrlashga tayanmog‘i lozim.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə