Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

5-§. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari
Reja:
1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, 
nutqiy faoliyat. 
2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. 
3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri

Tayanch tushunchalar:
bilingvizm, til, nutq, nutqiy faoliyat, psixo-
lingvistik adabiyot, kommunikatsiya, munosabat, emotsional aloqalar
vaziyatli-amaliy muloqot.
1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: 
til, nutq, nutqiy faoliyat. 
Til – bu ijtimoiy hodisadir. O‘zbekiston 
Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili uning mil-
liy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir.
Til tafakkur bilan monand bog‘langani holda ongni shakllan-
tiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik 
jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar dara-
jasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga 
ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan ta-
fakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani 
ifodalamaydi.
 
Tafakkur – obyektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda 
usuli, fikrni boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z 
bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi
16

Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosa-
batlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillarning yanada 
rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa – o‘zbek tilining 
davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga 
kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili 
bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu 
esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
16
Бородич A.M. Методика развития речи детей: Учеб. пособ. для студ. 
пед. инс. 2-е изд. –М.: Просвещение, 1981. –С. 101–255.


72
Tildan foydalanish – bu ijtimoiy faoliyatning muayyan turi soha-
sida kishilarning o‘zaro muloqotidir. Hozirgi davr nuqtayi nazaridan 
olib qaralganda quyidagilar eng muhim sohalar hisoblanadi:
– xo‘jalik faoliyat sohasi;
– ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasi;
maishiy soha;
– uyushtirilgan muloqot sohasi;
– badiiy adabiyot sohasi;
– ommaviy kommunikatsiya sohasi;
– estetik ta’sir ko‘rsatish sohasi;
– xalq og‘zaki ijodiyoti sohasi;
– ilm-fan sohasi;
– ish yuritishning barcha turlari sohasi;
– shaxsiy istiqbol sohasi;
– diniy soha.
Biz ko‘rib chiqayotgan jihatdan olinganda esa eng dolzarbi maishiy 
soha va uyushtirilgan ta’lim sohasidir.
Ko‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bolalikda bilingvizm (ikki 
tillilik) bola hayotida har bir tilning tutgan o‘rniga, uning ikki tillilik-
dan qaysi vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog‘liq holda 
shakllanadi. Maktabgacha yoshda ikki tillilik shakllanishining qu-
yidagi o‘ziga xos holatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
– bola tug‘ilgan paytidan boshlab ikki tilli oilada bir tildan o‘zga 
tilga o‘tib muomala qilish sharoitida tarbiyalanadi;
– bola oilada ona tilida so‘zlashadi, undan tashqarida esa (qo‘shnilar, 
qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan) o‘zga tilni o‘zlashtiradi;
– bola o‘zga tilni aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda 
va ulardan tashqari vaqtlarda maktabgacha ta’lim muassasasida egal-
laydi.
Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik 
faqat odam hech bo‘lmaganda bitta tilda har qanday fikrni mos 
tarzda ifodalashga qodir bo‘lgan taqdirdagina rivojlanadi. Agarda 
nutq bironta tilda ham to‘laqonli shakllanmagan bo‘lsa, bu holda 
fikr tuzilmasi buzilib ketadi va o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan 
intilish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa nafaqat psixologik 


73
ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi chuqur yo‘qotishlarga va 
inson shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb 
ataladigan bunday hodisa, umuman olganda, jamiyat uchun 
ham ancha xavflidir, chunki bunda uning a’zolarining muayyan 
qismi hissiyotlarini boshqara olmaydi hamda o‘z hissiyotlari, 
ehtiyojlari, istak-xohishlarini tegishli tarzda so‘z shakliga keltira 
olmaydi. Agarda inson xohlagan narsasini ayta olmasa, u boshqa-
lar bilan teng ravishda raqobatlashishga, kommunikatsiyaning 
odatdagi shakllaridan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi hamda 
u o‘z-o‘zini boshqarishning qandaydir boshqa shakllariga mu-
rojaat qilishga, ba’zan esa zo‘ravonlik qilish, kuch ishlatishga 
majbur bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, ilk yoshdan bosh-
lab individning nutqiy rivojlanishini tuzatishni to‘g‘ri tashkil 
etish zarurdir. «Ilk start» ona tilini qabul qilishga va keyincha-
lik har qanday boshqa tilni o‘zlashtirib olishga ham ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi». Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham 
shunchalik oson va to‘liqroq o‘zlashtiriladi» (N.I.Jinkin)
17
.
Bola tug‘ilgan paytidan boshlab ijtimoiy mavjudot hisosblanadi. 
Uning har bir yosh bosqichidagi ijtimoiy rivojlanishi o‘z xususi-
yatlariga, vazifa va mazmuniga ega bo‘lib, bularni amalga oshirish 
uchun pedagogika sohasidagi ishlarga tegishli shart-sharoitlarni yara-
tish darkor.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə