Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2-jadval
Hayvonot va 
o‘simlik dunyosi
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari
(binolar, inshootlar,
tarixiy joylar)
Tevarak-atrofda
kechadigan
voqea-hodisalar
O‘yinchoqlar,
sur’atlar va badiiy
asarlar
Tevarak-atrofdagi
narsa, predmetlar
Inson mehnatiga oid
ish qurollari va 
texnika vositalari


60
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning te-
varak-atrof obyektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, 
o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini an-
iqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi.
Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat 
tevarak-atrof obyektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) 
uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish 
muhimdir.
Shu o‘rinda tevarak-atrof obyektlarini o‘rganishda nimalarga eri-
shish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, 
avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini gu-
ruhlashtirish taqozo etiladi. (
2-jadval
)
Tevarak-atrofni o‘rganishda (tarbiyachilar yoki ota-onalar to-
monidan) bolalar shunchaki kuzatmasliklari, balki predmetlarni 
ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok 
eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga eri-
shish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umum-
lashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish 
vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabga-
cha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan 
turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni 
parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu bilan 
bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va 
to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yosh-
dagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsa-predmet-
larning nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p ji-
hatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:
– nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va 
ota-onalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib 
yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);
– ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalani-
ladigan metod va usullari;
– ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof obyektlarini saralash, shun-
ga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).


61
– o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari 
hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.
Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida 
nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish 
ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:
– nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini 
tushunish;
– nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik 
ko‘nikmalarni rivojlantirish;
– nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yosh-
dagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik 
materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;
– ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu 
o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash 
an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda 
tutiladi);
– muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qi-
yoslash;
– nutqning asta-sekin boyib borishi.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə