Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


«Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlanti-



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlanti-
rishning ilmiy asosi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari 2008-yil 28-sentabrdagi XTV hay’at 
yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini 
amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tay-
yorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi 
«Bolajon
»
tayanch dasturining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
«Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning 
maqsad,
vazifasi
bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkin-
lashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barka-
mol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, 
amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining sama-
rali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan. 


62
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash 
tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy 
qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. 
Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro 
tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-vali-
datsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. 
«Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim 
sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan 
ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi 
bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar 
kiritilmadi. 
«Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va 
qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi. 
«Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha 
yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish 
maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena.
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish.
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik. 
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish 
va uni anglash.
«Bolajon» tayanch dasturi zamonaviy pedagogik-psixologik tad-
qiqotlar uch yoshgacha bo‘lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha 
va besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar psixik va yosh xu-
susiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga 
tayanib, yangi dasturda tug‘ilgandan 24 oygacha bo‘lgan rivojlanish 
davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2–3 yosh), II kichik (3–4 
yosh), o‘rta (4–5 yosh), katta (5–6 yosh), maktabga tayyorlov (6–7 
yosh) qilib belgilandi. 
Tug‘ilgandan yetti yoshgacha bo‘lgan davrlarning xususi-
yatlari tavsifi har bir yosh davr ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan 
talablar yoritilgan bandlar boshiga joylashtirildi. Bu dasturdan 
foydalanishda har bir yosh davr, uning o‘ziga xos xususiyatlari-
ga taalluqli ma’lumotlar bilan yaxlit bir bandda tanishib chiqish 
imkoni mavjud.


63
«Bolajon» yangi tayanch dasturida jismoniy rivojlanish, salomat-
lik, madaniy-gigiyenik malakalar yo‘nalishi bo‘yicha asosiy harakat-
lar alohida yoritildi va ular quyidagicha tartiblandi:
Asosiy harakatlarga doir mashqlar; (Yurish, yugurish, sakrash, 
dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanatni 
saqlash, velosiped haydash).
«Bolajon» tayanch dasturida umumrivojlantiruvchi mashqlarga 
oid: (Yirik motorikani rivojlantirish, mayda qo‘l motorikasini rivoj-
lantirish, sensomotorikani rivojlantirish bo‘limlari alohida yoritildi 
(«Sensomotorika» – senso va motor so‘zlarining birgalikdagi ifodasi 
bo‘lib, lotincha «sensus» - sezish, «motor» - harakat, birgalikda nozik 
harakatlarni sezish ma’nosida qo‘llanadi). 
Oyoq uchun mashqlar;
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar;
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
Ertalabki badantarbiya; 
Saflanish va qayta saflanish;
Sport mashqlari;
Raqs mashqlari;
Harakatli o‘yinlar.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli, 
harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi 
uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan. 
Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan:
taxminiy kun tartibi;
uxlash gigiyenasi;
shaxsiy gigiyena;
ovqatlanish gigiyenasi;
madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat 
qilish;
o‘ziga xos gigiyena;
shikastlanishning oldini olish bandlari.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi 
mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi 
bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qi-


64
lish, his-tuyg‘ularni ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan mu-
loqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni 
tarbiyalashdir.
Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, 
bo‘lg‘usi barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbi-
yalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
«Bolajon
»
tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi:
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot);
Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini 
ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan. Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga 
tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha 
tartiblangan:
Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari).
O‘qish va savodga tayyorlash: 
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. 
Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish 
va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam 
to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga 
quyidagilar:
elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik 
shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yas-
ash, ta’limiy o‘yin va mashqlar);
atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona 
Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati, trans-
port vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer 
kurrasi to‘g‘risida tasavvur);
tasviriy faoliyat;
musiqa;
o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtiril-
gan o‘yinlar) keng yoritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishi-
ga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan 
yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, bor-


65
liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, 
umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil 
va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy 
hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini 
muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, 
kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga 
yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri 
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Go‘daklik (1 yoshgacha)
– ilk yosh (1–2 yosh)
– ilk yosh (2–3 yosh)
– kichik yosh (3–4 yosh)
– o‘rta yosh (4–5 yosh)
– katta yosh (5–6 yosh)
– maktabga tayyorlov davri (6–7 yosh)
Dasturning tuzilmasi:
1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Jismoniy rivojlanish.
3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yil-
lik va jami).
4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
6. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish 
va uni anglash.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə