Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

4-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini
 rivojlantirishga doir ishlar tizimi
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni-
yatlari. 
2. «Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirish-
ning ilmiy asosi.
Tayanch tushunchalar:
sensomotorika, tajriba-validatsiya, bilish 
instinkti, me’yorlangan nutq, nutq me’yorlari, bolaning nutqi, til qo-
nuniyatlari, kattalar nutqi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qo-
nuniyatlari.
Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri 
amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi 
natijasida rivojlanadi.
Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning 
psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok eti
-
shi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Birinchi qonuniyat:
Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati 
bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq 
(shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomil-
lashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada 
e’tibor bermoq muhimdir).
Ikkinchi qonuniyat:
Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan 
nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga 
bog‘liq.
Uchinchi qonuniyat:
Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fo-
netika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga 
bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni 
nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola 
tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).
To‘rtinchi qonuniyat:
Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmala-
rini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktab-


58
gacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan 
bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish 
oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutq-
ni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, 
idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə