Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi
maktabgacha ta’lim-
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ij-


52
timoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi
-
yalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini 
o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy 
fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bo-
lalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish 
muammolarini o‘rganadi. 
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha 
bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim - tarbiya berish qonuni-
yatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida 
ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va 
vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh 
va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har 
tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-
sharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktab-
gacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qo-
nuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod 
va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti 
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning 
maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh-
lab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va 
zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola 
shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega 
ekanligiga asoslaniladi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivoj-
lantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy 
e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya 
nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika 
(ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – «o‘rgatuvchi», didasko – 
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mo-
hiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyat-
lari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, 
ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq 
etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismla-
ridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va 
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. 


53
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
 
obyekti
– yaxlit 
maktabgacha ta’lim jarayon.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining 
predmeti
– mak-
tabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, 
metod va vositalari.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə