Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
maqsadi
– maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish 
tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni 
rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni 
to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy 
pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda 
tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha 
yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga 
tayyorlashdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining
vazifalari
• 
maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi 
nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
• 
bola nutqiga
 
ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri 
tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususi-
yatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda 
olingan natijani tahlil qilish;
• 
bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari 
va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didak-
tik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
• 
uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabga-
cha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usul-
lari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bo-
lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti 
ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi 
quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani 
o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qan-
day o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda 
qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan 


54
shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan 
usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslan-
moqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanish-
ning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks et-
tiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, 
elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida 
mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush 
sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijti-
moiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan nati
-
jalari aks etgan.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə