Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


 Nutqiy muloqotni rivojlantirish



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

3. Nutqiy muloqotni rivojlantirish. 
Bolalardagi ko‘plab nutqiy 
muloqot va ko‘nikmalar
mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. 
Maktabgacha ta’limda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot 
hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har 
xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi 
mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli-
yatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim 
mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok 
etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash-
ga yordam beradi. 
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo-
lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va 
narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini 
aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari 
bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, 
yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja-
rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi-
lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar. 
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqida-
gi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq-
lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat 
va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, 
hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan 
imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vosi-


84
tasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. 
To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, 
kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, 
ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini
ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil 
tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni 
sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan 
foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda peda-
gog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi 
(maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foyda-
lansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirish-
ning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlan-
tirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayo-
tini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi 
hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, 
ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga 
yordam beradi.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vosita-
si sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va to-
moshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy his-
siyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish daraja-
siga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik 
holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini 
oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining 
ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini 
tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini 
atrofdagilarga aytishga oshiqadilar. 
Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy 
va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. 
O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish im-
koniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalarni nutqiy tarbiyalash 
uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.


85
Bular:
– atrofni o‘rab turgan olamdagi hodisalarni (real voqelikni) ang-
lash va so‘z bilan belgilash; 
– atrofdagilar bilan aloqalarni va nutqiy munosabatlarni yo‘lga 
qo‘yish; 
– tilni (uning ovoz tarkibini, lug‘atni, grammatik qurilishini) od-
diy anglash. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə