Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
– bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bi-
lan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob 
berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda 
tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang; 
– tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan 
o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga 
munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring; 
– bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar
kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum 
qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va 
g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni bir-
biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uy
da
ketdi» emas, «uy
ga
ketdi», 
«
Kecha
boraman» emas, «
Bugun
boraman») o‘rgatishga alohida 
e’tibor bering;
– bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga 
o‘rgating.
2. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masa-
lalari. 
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ij-
timoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda
bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga 
javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va 
xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur.
Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, 
qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakat-
ga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini 
ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy 
olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo 
bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga ja-
vob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hay-
vonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan 


82
faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy 
oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida 
o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi.
Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik ji-
hatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emot-
sional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlar-
dan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
- bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi 
hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
- bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi 
uchun sharoit yaratish;
- quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tu-
shunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
- o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihat-
dan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani 
turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k.);
- jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish 
ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayr-
lashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; 
yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib 
turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimo-
siga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik 
bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z norozi-
ligini izhor qilish.
Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yosh-
dagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi 
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
- insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nis-
batan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota-
onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni pay-
qaydi; diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
- «men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turish-
ga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch, 
qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola 
xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;


83
- bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqot-
da va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa 
holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy 
vositalardan foydalanadi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot-
sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul-
lari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə