Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

3. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati. 
Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa 
turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, 
tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay 
tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga 
bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki 
mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib bo-
riladi. O‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiya-
chining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning nati-
jasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan 
juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning 
xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa, 


95
qattiq xafa bo‘ladilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi juda sabrli va 
haqqoniy bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolaning yaxshi javobidan qo-
niqqani va xursandligini bolalarga namoyon etishi kerak. Shundagina 
bolada ishtiyoq istagi uyg‘onadi. 

Xulosa:
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etish-
dan avval har bir bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni 
dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boq-
ishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam saxiy!» 
«Odina-g‘amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnat-
sevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga 
ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi. Bo-
lalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, 
o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishdagi asosiy vazifalari 
haqida nimalarni bilasiz? 
2. 4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni qanday xususiyat-
lari bilan farqlanadi?
3. Bolalarning badiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi qachondan 
rivojlana boshlaydi?
4. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masa-
lalari nimalardan iborat?
5. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati haqida 
so‘zlab bering. 


96

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə