Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

«
tovush», 
«
so‘z», 
«
gap» atamalari bilan tanishti-
rish kabilardan iborat.
 
O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini 
chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu 
guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ular-
ning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi 
va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib 
boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni 
kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva-


91
lar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; ta-
nish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy 
idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq 
kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta-
nishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari 
hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va 
buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi-
yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla-
rini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi. 
O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va mu-
habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat bino-
larining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, 
maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda 
shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan 
mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu-
rishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola 
tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri-
lishini ham egallay boshlaydi. 
O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: 
Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi 
kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum-
laridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foy-
dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z 
nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, 
bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi-
gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni 
o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma 
vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan 
foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay-
di. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi 
zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning 
zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida 
gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkum-
larini tushirib qoldiradilar. 


92
To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda 
bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa 
bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini 
qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda 
bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish-
ga o‘rgatish kiritiladi. 4–5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga 
(o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos bel-
gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masa-
lan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib 
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga 
o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi-
lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa 
kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati 
esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivoj-
lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya 
apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar-
da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni 
va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti-
rishga qaratilgandir. 
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, 
tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas 
olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), 
shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri talaffuz etili-
shiga alohida ahamiyat berish kerak. 
O‘rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri-
vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob-
dagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar-
biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning 
xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba-
sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni 
badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə