Universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 89,54 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü89,54 Kb.
#157038
  1   2   3   4   5   6
fikrlash dizayni mustaqil ish 2

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi
3-2log 21 guruhi talabasi
F.I.SH. Yuldashev Imomaddin ning


Kreativ fikrlash fanidan bajargan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Fikrlash dizayni

Tekshirdi: QULLIYEV.O.A


Mavzu: Fikrlash dizayni
Reja:
1.Kirish.
2.Fikrlash dizayni tarixi.
3.Fikrlash dizayninig bosqichlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Jahon bozorida maxsulot va taqdim etilayotgan xizmatlarning mavqei va samaradorligi, avvalo, uning raqobatbardoshlihi bilan belgilanadi. Bunday vaziyatda mavjud malumotlar tahliliga asoslangan analitik fikrlashlarni qo’llash yetarli emas. Innovatsiya uchun ijodkorlik , kreativlik, sintezlash, va yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish qobiliyati talab etiladi.
Ijodiy yondashuv, jamoaviy ish, odamlarga yo’naltirilganlik, qiziquvchanlik va optimistic ruh – fikrlash dizaynining tarkibiy qismlari, shuningdek, mavjud muammolarni xal qilishda yangi yechimlarni topishda qo’llaniladigan metodologiya ham hisoblanadi. Dizayn fikrlashning asosiy xususiyatlari, analitik fikrlashdan farqli o’laroq, tanqidiy tahlil emas, balki ba’zan eng kutilmagan g;oyalar muammoni yaxshiroq hal qilishga olib keladigan ijodiy jarayondir.
Fikrlash dizayni g’oyasi birinchi marta 1969-yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sun’iylik haqidagi fan”) kitobi muallifi Herbert Simon tomonidan shakllantirilgan.
Keyinchalik esa bu g’oya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni g’oyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi.
Braun fikriga ko’ra, fikrlash dizayni- bu biznes va jamoat hayotinining barcha jabhalarida birlashtirilishi mumkin bo’lgan yondashuv.
Interaction Design Foundation (O’zaro hamkorlik dizayn fondi) tomonidan esa eng yaxshi ta’rif berilgan: fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivatsiyasi va ehtiyojlarini o’rganish, noto’g’ri taxminlarni rad etish va muammoga yangicha yechim topish uchun mo’ljallangan ko’p bosqichli jarayon tushuniladi.
Fikrlash dizayni (inglizchadan “design thinking”) – bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Ushbu uslub antroposentrizm tamoyiliga asoslanadi, unga ko’ra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, raxbar, loyixa menejerlari va byurokratik tuzilmalar emas, balki shaxsning manfaatlaridir. Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o’ylash”) o’tib ketishdir.
Shunday qilib, dizayn-fikrlash, avvalo mahsulotni shakllantirish usuli hisoblanadi. Masalan, IDEO (“Kremniy vodiysi” dagi innovatsion agentlik) 2000-yillarda dizayn-fikrlash uslubidan foydalanishni boshladi. O’sha paytda uning asosiy maqsadi mahsulotni (xizmatni) ishlab chiqishda bir nechta elementlarni birlashtirishga qaratilgan edi: g’oya-kalit, sifat, estetika va funksionallik.
Empathize – insonga yo’naltirilgan dizayn jarayoni markazi.Empatiya o’zini boshqa odamlarning o’rniga qo’yib ko’rish va uning xissiyotlari, mahsulot yoki loyiha kim uchun mo’ljallangan ekanligini tushunmasdan uni amalga oshirib bo’lmaydi. Dizayner o’zining emas, boshqa kishilarning muammolarini hal qiladi.
Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg’urish lozim. Ishonch ohangidagi suhbat dizaynerga odamlar bilan o’zaro aloqa qilishning to’gri yo’llarini va innovatsion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. Odamlarga va turli vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi
Ideate – g’oyalar ishlab chiqish. Yaxshi g’oya emas, keng imkoniyatlar muhim. G’oyalar ishlab chiqish – g’oyalar va yechimlar ishda asosiy e’tibor qaratish lozim rejim. Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli hildagi konsepsiyalar va muammoning yechimi sifatida qo’llanishi mumkin bo’lgan natijalarga tarmoqlashish sifatida ko’rinishga ega bo’ladi.
Yetarli miqdorda g’oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, oqilona go’yalar izlash va eng yaxshi g’oyalar tanlashga o’tish mumkin
Define – g’oyalarni tanlash. To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g’oyalar ajoyib bo’lib ko’rinaveradi. Rivoj topadigan g’oyani albatta “elak”dan o’tkazish kerak G’oyani qanday tanlash kerak ?
- tanlov mezonini ifodalash( eng taassurotli, eng kutilmagan, oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo’lsa, xar bir mezon o’z vazniga ega bo’lishi lozim. Mezonlar g’oyalar ishlab chiqish jarayonida to’plangan innovatsion saloxiyatni yo’qotmaslikka imkon beradi.
- Ovoz berish (ovoz berish havfi shundan iborat bo’lishi mumkinki, agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi “qarshi” bo’lsa, shartga rioya qilingan bo’ladi, lekin jamoaning qariyb yarmini ishtiyoqi juda sust bo’ladi)
-prototip yaratish. Prototiplar g’oyalarning ish qobiliyatini baholashga imkon beradi.
Prototype – oddiy prototip ko’p narsa haqida gapirib beradi.
Prototiplash – to’gri yechim toppish uchun yordam beradigan iteratsion maketlar yaratish. Ilk bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bolishi kerak. Test o’tkazilishi va g’oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va qimmatlashadi.
Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berishi lozim bo’lgan ikkita savol. Bu prototip yaratish va test o’tkazishni aniq bosqichlarga ajratishga yordam beradi.
Test – yechim haqida va foydalanuvchi haqida ko’proq bilib olish tushuniladi.
Test o’tkazish – yaratilgan prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanauvchini tushunishga va uning ustida ishlayotgan muammoga chuqur kirib borishga yordam beradi.
Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash dizayniga ega bo’lishni talab etadi. “ Genreal Elektric” kompaniyasining sobiq Bosh direktori Jek Uelch shunday fikr bildiradi; “99,9 foiz xizmatchilar doimo bir joyda qotib qoladilar, chunki ular fikrlashni bilmaydilar. Faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Shu jihatdan ta’lim muassasalarida tinglovchilarga nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o’rgatish maqsadga muvofiq bo’lar edi”.
Quyida fikrlash dizayni texnologiyasidan foydalangan xolda muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalarni sanab o’tamiz; - General electric; 2003 yilda fikrlash dizayni texnologiyasini joriy etgach, o’z daromadini 30 foizga oshirishga erishadi
Philips Lighting; fikrlash dizayni texnologiyasini joriy etish orqali oddiygina start-up uy joy izlash va uylarni ijaraga berishga ixtisoslashgan yirik portallardan biriga aylandi. Kompaniya xodimlari foydalanuvchi tajribasini o’rganib chiqib, saytda juda past sifatli kvartiralar fotosuratlari borligini bilishgach, professional fotografga murojaat qilishga qaror qilindi va muvaffaqiyat qozonishdi
Fikrlash dizayni g‘oyasi birinchi marta 1969 yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sun’iylik xaqida fan”) kitobi muallifi Gerbert Simon tomonidan tomonidan shakllantirilgan. Keyinchalik bu g‘oya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni g‘oyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi. “Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (O‘zaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi ta’rif berilgan:fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivatsiyasi va ehtiyojlarini o‘rganish, noto‘g‘ri taxminlarni rad etish va muammoni yangicha yechim topish uchun mo‘ljallangan ko‘p bosqichli jarayon tushuniladi. Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Unga ko‘ra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, rahbar, loyiha menejerlari va byurokratik tuzilmalar.
Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o‘ylash”) o‘tib ketishdir. Bunday fikrlash uslubi deyarli hamma joyda qo‘llaniladi: sayohatni rejalashtirishda, kvartirani ta’mirlashda, yangi ommaviy axborot vositalarini ochishda, biznesni ochishda, korporativ identifikatori va logotipini ishlab chiqishda. Fikrlash-dizayn — bu dunyo qarash, muammolarni hal qilish metodi. Qandaydir bir g‘oyaga uni butun amalga oshirish yo‘lida hamrohlik qiladigan uzluksiz jarayon: miyaga kelgan fikr, uni test va aprobatsiyadan o‘tkazishdan tortib, to prototiplashda mujassam etish va hayotga tatbiq qilish. Ijodiy yondashuv, bir jamoa bo‘lib ishlash, odamlarga yo‘naltirish, qiziqish va nekbinlik – dizayn-fikrlashning asosiy tarkibiy qismlaridir. Dizayn-fikrlashning asosiy xususiyati shundaki, u tahliliy fikrlashdan farqli o‘laroq tanqidiy bo‘lmagan tahlil, ijodiy jarayon bo‘lib, bunda umuman kutlmagan g‘oyalar muammoning eng yaxshi yechimiga olib keladi. An’anaviy maktab ta’limi modeli axborotni o‘qituvchidan o‘quvchiga berishni ko‘zda tutadi. Bunda o‘quvchi kelajakda juda ko‘p qimmatli bilimlarga ega bo‘ladi, biroq ular haqiqatan ham muhim ijtimoiy muammoni hal etishga yordam bermaydi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hal qilish va yaratishni talab qiluvchi amaliy ahamiyatga ega masala ko‘rinishida dars olmaydilar, ularning vazifasi – faqat o‘qituvchidan olingan axborotni qayta takrorlashdan iborat. O‘quvchilarga real hayotiy muammo haqida gapirib bering va ularga, dizaynfikrlash vositalaridan foydalangan holda, uning yechimini topishni taklif qiling. Bu ta’lim darajasini sifat jihatdan yuqoriga ko‘taradi. O‘quvchilar, ular eslab qolishi uchun o‘qituvchi zarur ma’lumotlarni berganida, foydali bilimlarga ega bo‘lmaydi. Ular oxir-oqibatda bu olamni ozgina bo‘lsa ham yaxshiroq qila oladigan oldilarida hal etilishi kerak bo‘lgan muammo paydo bo‘lganidagina o‘rganadilar. Fikrlash-dizayn asoslariga qurilgan fikrlash jarayoni o‘quvchilarni jamiyatdagi odamlarning mahalliy va global muammolarini hal etish maqsadida kreativ va shu bilan birga yashay oladigan g‘oyalarni yaratishga va ularni amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarga aylantiradi.
Fikrlash-dizayn bizning ta’lim muassasalarimizda yetishmayotgan novator-talabalarni shakllantiradi. Fikrlash-dizayn metodikasi innovatsiyalarni ijtimoiy muammolarni hal etishga joriy qilishni, g‘oyalarning yashash qobiliyatini testdan o‘tkazishni, ularning potensial maqsadli auditoriyada dolzarbligi va talabga egaligini tekshirishni o‘rgatadi. Dizayn-fikrlashning beshta asosiy tamoyili: empatiya, radikal sheriklik, ideatsiya, prototiplash va iteratsiya. Fikrlash-dizayn ham jamiyatingizdagi odamlar olamini yaxshiroq va qulayroq qilishga yoki sizning potensial foydalanuvchilaringizning muammosini hal etishga yordam beradi. Ularning “ko‘nglini topish uchun” siz o‘zingizni foydalanuvchining o‘rniga qo‘yishingiz, uning pozitsiyasidan turib o‘ylashingiz, olingan natijalarni hisobga olgan holda o‘zingizning texnologik imkoniyatlaringizni joriy etishingiz hamda bunda o‘zingizning biznesmanfaatlaringizni aniq esda tutishingiz zarur. Chunki talabga ega mahsulotni yaratish – bu qo‘lbola vositalardan foydalangan holda uning asosli ekanini bir necha marta tekshirib ko‘rish demakdir.



Yüklə 89,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə