Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 51,41 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü51,41 Kb.
#164901
növüReferat
  1   2   3
Diskret amaliy


KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Algaritmlash va madellashtirish kafedrasi
Diskret tuzilmalari fani bo’yicha
REFERAT

Mavzu: RELE KONTAKT SXEMALARI


Bajardi: CF007 guruh talabasi
Imomaliyev.A
Tekshirdi: Mamadaliyev Xusniddin


TOSHKENT 2023
REJA



  1. Ikkilik mantiqiy elementlar.

1.1 “Va” mantiqiy elementi.
1.2“Yoki” mantiqiy elementi
1.3“Emas” mantiqiy elementi
1.4“Va-emas” mantiqiy elementi
1.5“Yoki-emas” mantiqiy elementi
1.6“Birortasi, lekin hammasi emas”
1.7“Birortasi, lekin hammasi emasga yo’l qo’ymaydigan”



  1. Ikkilik mantiqiy elementlarining qo‘llanilishi.




  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan adabiyotlar


Ikkilik mantiqiy elementlar.

Bul ifodalari Djorj Bul (1815-1864 yy) tomonidan rivojlantirilib, XX asrning 30-yillarida raqamli mantiqiy sxemalarda qo‘llanilgan edi.


Raqamli elektron qurilmalarni tuzish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar Bul algebrasi masalalarini chuqur o‘rganishlari kerak bo’ladi. Bul algebrasi funktsiyalarining asosiy tadbiqlaridan biri bu funktsional elementlar sxemasini qurishdir. Bunga misol qilib, EVM, mikrokal’kulyator va boshqa raqamli elektron qurilmalarning ishlash printsipini ko’rsatishimiz mumkin.


Har qanday raqamli sxemalarning asosiy tarkibiy qismini mantiqiy elementlar tashkil etadi.


Agar C zanjirdan tok o’tayotgan bo’lsa, u holda С=1 deb;
agar С zanjirdan tok o’tmasa, u holda С=0 deb yozishimiz mumkin.
Demak, mantiqiy elementlar ikkita raqam, 0 va 1 raqamlari bilan ish ko’radi, shuning uchun ham ikkilik mantiqiy elementlar deyiladi.

Raqamli elektrotexnika sohasida ishlaydigan mutaxassislar ikkilik mantiqiy elementlarga bilan har kuni ro’para kelishadi. Mantiqiy elementlarni oddiy o‘chirib-yoqgichlarda, releda, vakuum lampa, tranzistorlar, diodlar yoki integral sxemalarda yig‘ish mumkin. Integral sxemalarning keng qo‘llanilishi va arzonligini hisobga olsak, raqamli qurilmalarni faqat integral sxemalarning o‘zidan yig‘ish maqsadga muvofiq. Asosiy mantiqiy elementlar 7 xil: “va”, “yoki”, “emas”,“vaemas”, “yoki-emas”, “birortasi, lekin hammasi emas”, “birortasi, lekin hammasi emasga yo’l qo’ymaydigan”.


Mantiqiy elementlar u yoki bu vazifani bajarganligi sababli ularni funktsional elementlar deyiladi. Funktsional elementlarni bir-biriga ulash natijasida funktsional sxemalar hosil qilinadi.



  1. Va” mantiqiy elementi.

“Va” mantiqiy elementini ba’zan “hammasi yoki hech narsa” elementi deb ham yuritiladi. Mexanik o‘chirib-yoqgich orqali “va” mantiqiy elementining ishlash printsipini ko‘rib chiqamiz.

Agar zanjirda A va B kalitlar ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda C zanjirda L1 lampa yonishi uchun A va B kalitlarning ikkalasi ham yopilishi kerak, ya’ni А=1 va В=1 bo’lishi kerak. Kon’yunktsiya xuddi shu xossalarga ega. Demak, “va” mantiqiy elementining ishlash printsipi kon’yunktsiya bilan bir xilda ekan.



“Va” mantiqiy elementining sxematik tasvirida ikkita kirish, bitta chiqish bo’lib, u quyidagicha:

“Mantiqiy” terminidan odatda biror bir qarorni qabul qilish jarayonida foydalaniladi. Shuning uchun ham mantiqiy elementni shunday sxema deyish mumkinki, unda kirish signallariga asoslanib, chiqishda “ha” yoki “yo‘q” deyish hal qilinadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, lampa yonishi uchun uning ikkala kirish joyida “ha” signali (kalitlar yopilishi kerak) berilishi kerak.
Rostlik jadvali “va” mantiqiy elementining ishlashi haqida to‘liq ma’lumot beradi:

“Va” mantiqiy elementi uchun kiritilgan belgilash A va B kirish signallari “va” mantiqiy funktsiyasi bilan bog‘langan bo‘lib, chiqishda Y signal paydo bo‘ladi” deb o‘qiladi. Ushbu tasdiqning qisqartirilgan ifodasi Bul ifodasi (A&B) deyiladi. Bul ifodasi – universal til bo‘lib, injenerlar va texnik xodimlar tomonidan raqamli texnikada keng qo‘llaniladi.



  1. Yoki” mantiqiy elementi

“Yoki” mantiqiy elementini ba’zan “hech bo‘lmasa birortasi yoki hammasi” deb ham yuritiladi. Oddiy o‘chirib-yoqgichlar yordamida “yoki” mantiqiy elementining ishlash printsipini quyidagicha tushuntirish mumkin:
C zanjirda A va B kalitlar parallel ulangan bo‘lsa, “yoki” mantiqiy elementi ishlaydi:

Chizmadan ko’rinadiki, kalitlarning hech bo‘lmaganda bittasini yoki ikkalasini ham yopganda L1 lampa yonadi.
“Yoki” mantiqiy elementi sxematik ko’rinishi quyidagicha:

Bul ifodasi A&B ( yoki A+B=Y ) ko‘rinishda bo‘1adi.
“Yoki” mantiqiy elementining rostlik jadvali uning ishlashi haqida to‘liq ma’lumot beradi:




  1. Emas” mantiqiy elementi

“Va” hamda “yoki” mantiqiy elementlari ikkita kirish va bitta chiqishga ega edi. “Emas” sxemasida esa bitta kirish va bitta chiqish mavjud. “Emas” mantiqiy elementini invertor deb ham yuritiladi. Uning asosiy vazifasi chiqishda kirish signaliga teskari bo‘lgan signalni ta’minlashdan iborat.
Invertor quyidagicha belgilanadi:

Bul ifodasi А ko‘rinishda bo‘1adi. “Emas” mantiqiy elementi uchun rostlik jadvali:


  1. Va-emas” mantiqiy elementi

“Va-emas” mantiqiy elementini Sheffer shtrixi deb ham yuritiladi, u inventorlangan “va”ni amalga oshiradi. Ushbu mantiqiy amal quyidagicha belgilanadi:

Bu belgini quyidagicha yoyib ham yozish mumkin

. “Va-emas” mantiqiy elementining Bul ifodasi A & B ko‘rinishda bo‘ladi.
Va-emas” mantiqiy elementining rostlik jadvali yordamida ishlash printsipini ko’rish mumkin:




  1. Yoki-emas” mantiqiy elementi

“Yoki-emas” mantiqiy elementini Pirs strelkasi deb ham yuritiladi, u inventorlangan “yoki”ni amalga oshiradi, sxematik ko’rinishi quyidagicha:

Bu belgini quyidagicha yoyib ham yozish mumkin:

“Yoki-emas” mantiqiy elementining rostlik jadvali yordamida uning ishlash printsipini ko’rish mumkin:


  1. Birortasi, lekin hammasi emas”

Ushbu mantiqiy elementning Bul ifodasi:

Uning sxematik ko’rinishi quyidagicha:

“Birortasi, lekin hammasi emas” mantiqiy elementining ishlash printsipi quyidagicha:




  1. Birortasi, lekin hammasi emasga yo’l qo’ymaydigan”

Mantiqiy elementning Bul ifodasi:

Uning sxematik ko’rinishi quyidagicha:

“Birortasi, lekin hammasi emasga yo’l qo’ymaydigan” mantiqiy elementining ishlash printsipi quyidagicha:

Ikkitadan ortiq kirishga ega bo‘lgan mantiqiy elementlar uchun ham mos ravishda quyidagicha belgilashlar ishlatiladi.
3 ta kirishga ega “va” mantiqiy elementi:

3 ta kirishga ega bo’lgan “yoki” mantiqiy elementining sxematik ko’rinishi quyidagicha:


Yüklə 51,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə