Universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


-bosqich - test o‘tkazish



Yüklə 89,54 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü89,54 Kb.
#157038
1   2   3   4   5   6
fikrlash dizayni mustaqil ish 2

6-bosqich - test o‘tkazish.Echim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling. Test o‘tkazish – yaratilga prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi. Ideal test o‘tkazish bu – foydalanuvchining o‘zinima va qanday tashkil qilinganini yaxshi bilishi bo‘lib, bu kamdan-kam hollarda uchraydi. Odatda kirish suhbati o‘tkazish kerak bo‘ladi. Agar gap tajriba haqida ketadigan bo‘lsa, real vaziyat atrofida rivojlanadigan ssenariy yaratish lozim. Agar real vaziyatning imkoni bo‘lmasa, shu vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan holatni yaratish kerak. Test o‘tkazishda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi:
1.Оddiy kuzatish: foydalanuvchiga prototip berish va uning harakatlarini kuzatish;
2. Мazifa qo‘yish: biror-bir maqsadli harakatni amalga oshirish, masalan, dastur yordamida biznesni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Test o‘tkazishning vazifasi – muammoni eshitish va uning yuzaga kelish sababini tushunish hisoblanadi. Agar muammo paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning yolg‘iz emasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Asosiysi shuni esdan chiqarmangki, ishlab chiqarish bu – doimiy jarayon. Butun jarayon ham, uning alohida bosqichlari ham takrorlanishi mumkin.Mahsulotni barcha bir xil yoqadigan tarzda chiqarishning imkoni yo‘q. Foydalanuvchi, atrof-muhit, iqtisodiy va siyosiy vaziyat o‘zgaradi. Mahsulot rivojlanishi va yashashi lozim. Buning uchun ham ichki, ham tashqi sabablar mavjud.

Xulosa.
Xulosa qiladigan bo’lsak, fikrlash dizaynining ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat:
-Muammolar fanlararo yondashuv orqali hal qilinadi. Bu esa amaliyot va tajriba orqali insonlarning turli qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish imkonini beradi
- Fikrlash dizayni – bu avvalo ijodkorlik, doimiy xarakat va tajriba usulini qo’llab quvvatlaydi.
- Fikrlash dizaynida ham strategiya mavjud, ammo u muammolarning butunlay yangi ko’rinishini o’z ichiga oladi. Fikrlash dizaynining asosiy qismi odatiy uslublardan qochib, noodatiy va yangi uslublarni izlashga undaydi.
Umuman olganda, dunyoning yirik kompaniyalari: Healthcare, Procter & Gamble va Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqochon boshqaruv jarayonini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

https://www.interactiondesign.org

https://www.en.m.Wikipedia.org



Managing as Designing / ed. by R. J. Boland, F. Collopy.Stanford, CA : Stanford University Press, 2004.
Hamda I.F.D Hamrayeva Sayyora Nasimovnaning maqolasidan foydalanildi….



Yüklə 89,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə