Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qan-
day shakllantiriladi? 
2. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda 
amalga oshiriladi? 
4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday 
mashg‘ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan? 
5. Muloqot, til va nutqning tahlili va rivojanish asoslari haqida 
nimalarni bilasiz?
18
Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language 
developme nt” USA 2014 y.


109
12-§. Ravon nutqini rivojlantirish
Reja:
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. 
2. Ravon nutq mohiyati. 
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa 
o‘rgatish.
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Tayanch tushunchalar: 
ravon nutq, dialog muloqot, muomala, 
individuallararo, ichki individual, umuminsoni,. akustik va artiku-
latsion jihat, imitatsiya metodi.
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. 
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini 
tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. 
Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq 
bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qa
-
bul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash 
qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasi-
ni o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati 
bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, 
muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot 
va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk 
yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dast-
labki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida 
nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida 
e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: indivi-
duallararo, ichki individual va umuminsoniy. 
Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma 
holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim 
bo‘lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoni-
yatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning 
cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal 


110
sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til 
shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib 
chiqsa tilning manfaatidir».
Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifati-
da xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon 
bo‘lar ekan. 
Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir.
O‘qning qudrati, ka-
monning qudratiga ham bog‘liq.
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vosi-
tasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til 
emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsul-
lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur 
mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni 
bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga 
egadir:

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə