Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

4. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar 
ishlanmasi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa 


106
doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, 
ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni 
kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz 
zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakl-
lantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolajon» dasturida bolalarda mus-
taqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning 
o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish. Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga 
ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston 
ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston 
Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bo-
lalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish 
sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer osti va yer usti boyliklari, tog‘lari, 
cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siy-
molari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, 
sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kat-
talar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston 
xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning 
muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. 
Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar ha-
qidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida 
bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. 
Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. 
Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan 
o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyi-
dagicha ifodalaydi: - «Vuy, ana u bola eshakda uchyapti».
Murabbiy tuzatadi:
– eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi:
– yana nimaga miniladi?
– velosipedga miniladi;
– poyezdga miniladi;
otga miniladi;
– samolyotga miniladi.
Boshqa bir bola tuzatadi:
– poyezdga chiqiladi, samolyotga uchiladi.


107
Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. 
Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, 
qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi - ganch-
korlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi, binolarning balandligi, go‘zalligi va 
hokazolar haqida jumlalar tuzadilar. 
Gulzorlar, bog‘larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, 
poyezdlar, gullar, favvoralar haqida suhbatlar uyushtirishi mumkin. 
Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, hajmi, turi, o‘xshash va 
farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi. 
«Nima shirin?», «Nima uchadi?», «Tushirib qoldirilgan so‘zlarni 
toping», «Men boshlayman, siz davom ettiring» kabi mashqlar ham 
grammatik jihatdan jumlalarni to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə