Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


–11-§. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

10–11-§. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini
o‘stirishning vazifalari, metodlari va vositalari
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini 
shakllantirish. 
2. Muloqot vositalari.
3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. 
4. Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar 
ishlanmasi. 
Tayanch tushunchalar:
 
grammatik tuzim, nutqiy psixologik ri-vo-
jlantirish, umumiy psixologik rivojlantirish, predmetli harakat, mu-
loqot vositalari, emotsional bog‘liqlik, agrammatizmlar, bilingvizm 
shakllanish, monolingval vaziyat, multilingval vaziyat.
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini 
shakllantirish. 
Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakl-
lantirish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirish-
ning muhim sharti hisoblanadi.
Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni 
o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqlikda bilishni rivojlantirish asosida 
egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini 
shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qa-
rab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir 
so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma 
gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng 
avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bo-
lalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshiri-
shi lozim. 
Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z 
hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega 
bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi 
darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun 


97
rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa 
keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi 
va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega 
bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga 
(gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin-
chi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma-
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda 
– hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy 
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni 
ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalar-
ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini 
rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik-
masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri 
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirish
-
ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta 
yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish 
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning 
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga 
alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda 
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. 
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullari-
ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan 
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni 
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara-
yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla-
nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu-
zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi 
(tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; peda-


98
gogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanish-
ning bosqichma-bosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog 
va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunli-semantik tizimdan 
vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik 
dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi 
sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini 
o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə