Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma-



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma-
salalari. 
Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4–5 yoshdan maxsus tay-
yorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar 


93
va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan 
foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti 
yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va 
To‘g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar 
asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli da-
rajada rivojlanayotganini bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, 
umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yan-
gi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga 
intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qi-
lishiga ahamiyat bering.
- tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri ifodalashiga 
erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya 
qilishga o‘rgating.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mum-
kinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirla-
rini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, 
u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar 
qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab 
olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim 
olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi 
uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida 
nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekan-
ligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu-
zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutq 
o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va 
o‘rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo 
bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy 
xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, 
qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. 
Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar 
davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida 


94
bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da 
bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlarning xatti-
harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga 
bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi. 
To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyat-
lari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixo-
logik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq 
bu yoshdagi bolalarning diqqati 
beqaror
, irodasi kuchsiz bo‘lib, 
tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his-
tuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez 
pasayadi.
O‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini 
shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq 
tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakl-
dagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, 
she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qizi-
qish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish 
mashg‘ulotlarida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirish-
lari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalar-
da biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini 
tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xu-
susiyatlarni tarbiyachi har doim mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, uni 
o‘tkazishda hisobga olishi shart.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə