Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar: gul sharbati bilan. Tarbiyachi



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Bolalar:
gul sharbati bilan.
Tarbiyachi:
To‘g‘ri, chunki ularning tuzilishi ham shunga mos-
lashgan. Qanotlari tangacha (tukli) bilan qoplangan. Shuning uchun 
tangacha qanotlilar turkumiga kiradi. Og‘iz organlari so‘ruvchi tipda 
bo‘lib, spiralsimon, buralgan xartumcha yordamida suyuq oziqlar 


88
(nektar) bilan oziqlanishga yaxshi moslashgan. Old qanotlari orqa 
qanotlaridan kattadir. Baxmal kapalakning qanotlari sut kabi oq, 
qo‘ng‘ir holli bo‘lib, qanotlarini yoyganda 50–52 mm bo‘ladi. Tuxum 
qo‘yib ko‘payadi. Mazkur kapalak guli o‘simliklarni yaxshi chang-
latuvchi hisoblanadi.
Tarbiyachi:
Bolajonlar, biz kapalaklarga qanday munosabatda 
bo‘lishimiz kerak?
Bolalar:
Ularni o‘ldirmaslik, qanotlarini uzmaslik kerak.
Tarbiyachi:
Ha bolajonlar, bizga ma’lumki, kapalaklar orasida 
juda ko‘plab chiroyli turlari bo‘lib, ular tabiatni bezaydi. Ular muho-
fazaga muhtojdir. Ayniqsa, baxmal kapalakning yildan-yilga kamayib 
ketishi, «Qizil kitob»ga kirishiga sababchi bo‘ldi.
Demak, biz ularni juda ehtiyotkorlik bilan muhofaza qilishimiz 
kerak ekan.
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarga kapalak bo‘lib uchishni 
taklif etadi.
Kapalak
Hoy kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdek.
Muncha shoshib uchasan,
To‘xta, so‘zlayin andek . . . 
Do‘st bilaman o‘zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko‘zimga.
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go‘zal bog‘cham-gulshanda.
Sevgim, fikrim ham senda.
Mashg‘ulotning tahlili:
Tarbiyachi dastur bo‘yicha kapalakning yangi turi «Baxmal kapa-
lak» haqida bolalarga bilim berdi. Mashg‘ulotda solishtirish metodidan 
foydalanildi (Ya’ni oddiy kapalak baxmal kapalak bilan solishtirildi).
Mashg‘ulot savol-javob tarzida boshlandi. Yangi bilim berish bi-
lan tugatildi.


89

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə