Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

 
4. Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi. 
Mashg‘ulot – maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli 
sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmu-
ni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajra-
tilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi 
mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar 
egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning 
amaliy mashg‘ulotini tashkil etadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari bilan bog‘liqlikda 
mashg‘ulotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yosh
-
dagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning maqsadi bo-
lalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tay-
yorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik 
va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqos-
lash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib top-
tirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas’uliyat hissi takomil-
lashtirib boriladi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-
istagi tarbiyalanadi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy 
zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun inti-
ladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. 
Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi
imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, mashg‘ulotning 
vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo‘limlarini to‘g‘ri 
almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. 
Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, 
uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha 


86
necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tayanch dasturida ular-
ning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot-
sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul-
lari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar, 
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat 
mashg‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə