Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa 
o‘rgatish.
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha ta’lim 
muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning 
nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og‘zaki nutqning asosiy 
shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli – dialogik va 
monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon 
so‘zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlanti-


113
rishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali. 
Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan 
nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob be-
rish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil ja-
vob berish qobiliyati shakllanadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning 
mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sa-
bab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari 
haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqi-
qatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi 
mumkin
.
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan faktlar haqidagi xabarlar 
tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar 
bayon qilish 
deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi 
xabarlar esa 
mulohaza 
deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan 
aytilgan luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning mono-
logik nutqlari bo‘ladi. 
Ravon nutqdan til elementlari – tovushlar, morfemalar, so‘zlar, 
gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining 
o‘rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashq-
lar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-
hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. 
Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. 
Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa-
bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi 
bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, mala-
ka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda ravon 
nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga 
e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, 
ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlana-
di. Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bo-
lalarni buyuk siymolar, sarkardalar, ulug‘ mutafakkirlar haqida bilim 


114
berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy 
qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va ken-
gaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə