Mavzu: Xotiraning neyrofiziologik asoslari



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə1/3
tarix21.06.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#118327
  1   2   3
Mavzu Xotiraning neyrofiziologik asoslari


Mavzu:Xotiraning neyrofiziologik asoslari


Reja:


1. Xotira haqida tushuncha.


2. Xotiraning nerv fiziologik asoslari.


3. Xotira turlari.


4. Xotira jarayonlari.


5. Xotiraning individual farqlari.


6. Xotira tasavvurlari.

XOTIRA HAQIDA TUShUNChA


Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqyea hodisalarni yaxshi eslab qoladi.
Aksincha, kishi uchun ham ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ularni ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga nisbatan «Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi esda
saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.o’oziyev tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqyelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va
faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish xissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa
barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir».
Shuni ta’kidlash joizki, kelitirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab keng qamrovli jihatlarini to’la ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko’pincha u yoki
bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz bu xotirani yomonligini emas balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira
olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklarini emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional
munosabati ham katta ta’sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol xayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan
ta’sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur
eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga uning aqliy saviyasiga bilimiga o’quviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani turlash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi.

XOTIRANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI


Esda olib qolish nerv tizimining miya egiluvchan, ya’ni o’zgaruvchanlik qo’zg’atuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz tarzda qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil
bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’Ђridan–to’Ђri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi.
Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishiga xotira samarasining susayishiga ba’zi paytda odamning toliqishi sabab bo’ladi. Dam oldgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib
ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.
Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarini hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir.
Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqyea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning
quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog’lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli tuman harakat taassurotyo bo’lmasa
harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlardiki, bu bog’lanishlarni psixologlar abssosiasiya deb ataydilar».
Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma’lum o’xshashlik o’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. masalan yosh-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o’rtasida qarama-
qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday qilib xotiralarning nerv-fizologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin odam esda olib qolish paytida assosiasiyalarni hosil bo’lganligini mutaqo sezmaydi. Har xil assosiasiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalk biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi.
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotiraning turlariga va ularning muayyan turlarga ajratishda eng

muhim asos qilib uning tavsifnomasini esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, eslash singari jarayonlarning amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:


1. Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
2. Faoliyatning maqsadlariga ko’ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
3. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
Harakat xotirasi – inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko’rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi. Masalan, harakat hissiyot, idrok, aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli
harakatlarda va ularning mahsulotlarida o’z ifodasini topib harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg’ularda, obrazlarda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
His – tuyg’u yoki hissiyot xotira. Bu xotira xis-tuyg’ular ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga
oshirilayotganligidan doimo xabar berib turishi imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar ranglar shakllar bilan bog’liq bo’lgan xotira nuridir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni binobarin narsa xodisalarning aniq obrazlarini ularning xususiyatlari, va bog’lanishlari esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tuqilganida esga tushirishdan idorat xotira turiga aytiladi
So’z, mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni irodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot xabar material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
Ixtiyotiy xotira deganda ma’lum maqsadni ro’yobg chiqarish uchun muayyan davrlarda, aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. Ko’pincha psixologiya fanida
ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo’yiladi. Bu jarayon ma’lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’ysa esda olib qolishga yetaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topshiriqlarni yechayotganimizda masaladagi sonlarni esda olib
qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Mazkur so’z mantiq holatda asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi.
Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hyech qanday o’rin ham qolmaydi. Shunga qaramay biz ularni qisqa muddat bo’lsada esda saqlashga intilamiz. Bu holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi. Operativ xotira inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi lenilek holat operativ xotira deb
ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon qilish uchun ushbu misol keltiriladi. Matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo’yamiz. Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga
intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.

XOTIRA JARAYoNLARI.


Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarini miya po’stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining o’zining faolligi jihatidan
ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirish oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O’zining go’zalligi, hissiy ta’sirchanligi hajmini, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi.
Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo’yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
1. maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
2. o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish;
3. esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanishi, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rolb o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushuncha bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda uning hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan
narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi.
Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir. Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg’u, fikr va ish-

harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning ners fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushurishning


tanish eslash bevosita eslash oradan ma’lum vaqt o’tkazib eslash ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisaning esga tushirishidir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qayerda kurganimizni eslay qolmaymiz. To’liq aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishining ko’rib uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Esda saqlash deyilganda ilgari tuqilgan taassurot fikr, his-tuyЂu va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushiniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmagan zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qoli zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
G.Ebbingauz unitishning vaqtga bog’liqligin tajriba orqali aniqlangan. To’plangan natijalarning ko’rsatishicha materialni yod olgandan so’ng unitish sur’ati tez keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bo’Ђinlarni unitish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko’rsatishiga qaraganda o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unitiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unitish
sekinlashib boradi. Muvaqqat asab boЂlanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unitilib ketilayotgan vaqtni, boЂlanishlarni ya’ni assosiasiyalarni
qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi. Unitishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligi o’zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular kimning shaxsiy,yakkaholxususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.

XOTIRADA INDIVIDUAL FARQLAR


Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezigida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushurishdagi tayerligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan qo’zg’alishi va tormozlanish
jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir, individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, har xil odamlar obrazli mateiallarni, rang tasvir, narsa tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar.
Boshqa bir odamlar o’z so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishida yaqqol ustunlik sezilmaydi. Psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va
oraliq tipdagi xotira. Masalan ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyachi olimlarda uchraydi. Bundan tashqari xotiralash va esda qoldirish
jarayonlari analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish;
b) eshitish;
v) harakat;
g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida yaxshi esda
qoldiradilar. Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib sekin unitish;
2) tez esda qoldirib tez unitish;
3) sekin esda qoldirib sekin unitish;
4) sekin esda qoldirib tez unitish.
XOTIRA TASAVVURLARI
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarning ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasavvurlari deyiladi.
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasavvurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasavvurlari ilgari idrok qilingan ammo hozir ko’z o’ngimizda bo’lmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan
iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalarni eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasavvurlari bo’ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo’lib ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha
uchramagan narsalarning obrazlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish bilan bog’liq.
Masalan: Ertaklar, romanlar umuman biror asarni o’qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlashi tegishli obrazning yaratishiga yordam beradi. Masalan: «ildiz» «o’t» so’zlarining to’rt kishiga berib qanday tasavvur qilishlarini so’rasak ularning tasavvurlari bir-biridan farq qilishini ko’ramiz chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra tushunadi. Masalan: matematik ildizni algebra belgisi deb, botanik o’simlik qismini uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushinadi. Tasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bo’lishida bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlarning jonlanishidir.
Tasavvur birorta tutki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasavvurlarning tuqilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar tuqiladi. Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, psixikaning eng mushim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o’zining keyingi faoliyatida, xatti-sharakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba'zi bir o’zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko’nikma, malaka va bilim ko’lami orta borishi shisobiga faoliyat shamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobiqida xosil bo’ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo’qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytatdan jonlanishi mutloqo mumkin bo’lmas edi.
Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o’zaro uzviy boqlanib, asta-sekin mustashkamlanib, miya qobiqida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, shayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytatdan jonlanadi, avvalgi sholatini boshqatdan namoyon qiladi.
Shozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta'rif berilib kelinmoqda:
"Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin bu ta'rifda xotiraga taaluqli bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlaro’z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga shech qanday shaq shuquqimiz yo’q. Ushbu qiyin sholatdan chiqishning birdan bir yo’li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta'rif berishdan iborat: "Xotira atrof mushitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) sholda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytatdan esga tushirish, unitish shamda tanish, eslashdan iborat rushiy jarayon aloshida va umumiy nomoyon qiluvchi shodisa, barcha taasurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir". Shuni qat'iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta'rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jishatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik da'vo qilish degan ibora emas, chunki unda ob'ektivlik (tashqi) va sub'ektivlik (ichki) yuzasidan ma'lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga xojat sham, imkoniyat sham yo’qdir.
Ta'rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari aloshida ajratib ko’rsatilgan, lekin ularning shar biri mustaqil sholat va jarayon shisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xosh bilish, xosh mnemik xolat bo’lishidan qat'iy nazar va o’sha faoliyat tuzilishi, moxiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, eaga tushirish uning individual (yakkashol) tajriba ko’lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga boqliq. Chunki esda olib qolingan narsa va xodisalarni keyinchalik qo’llash uchun esga tushirish taqazo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi.
O’zlashtirilgan materiallarning ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga boqliqdir.
Ana shuning uchun shar xil sholatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori shayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar sham mavjud; ular o’zaro mezonlari shamda sharxlari bilan tafovutlanadilar.
Shunday qilib xotira shaxs rushiy faoliyatining eng muxim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib shisoblanadi. Shuni aloshida ta'kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va xodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki sham shoxirga, sham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro’yobga chiqishini ta'minlaydi. Tabiatda va jamiyatda nomoyon bo’ladigan shar qanday toifadagi rushiy xodisa o’zining tarkibiga kiruvchi shar bir qismni muayyan tartibda o’zaro boqlangan tarzda saqlash qolinishini talab etadi. Turli ko’rinishga ega bo’lgan "boqlanish"ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u sholda rivojlanish tog’risida so’z sham bo’lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi "chaqaloqlik xolatida"mangu qolib ketgan bo’lur eda.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko’p marotaba ta'kidlanishiga binoan, xotira barcha rushiy jarayonlarning eng mushim tasnifi bo’dlishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta'minlab turadi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari tog’risida muayyan tartibda ma'lumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo’lib shisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko’p jixatdan xotira muammolarining o’rganilishiga boqliqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, "aqlli" va "sun'iy intellekt"li mashinalar maxsuldorligini oshirish, sifat darajasini ko’tarish uchun xizmat qiladi. Shozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik nazariyalarga baqishlangan. Lekin jashon psixologiya fanida assosianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo’lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning xaddan tashqari ko’pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani o’rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani o’rganishning xar uchchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi tadqiq qilinishi o’zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bo’lib, psixologiya fanida xilma xil yo’nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi shamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga o’xshamaydigan) innovasion (yangi, dolzarb) qoyalar ilgari surilganligi ma'lumdir. Bu nazariyalar negizida (moshiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga sub'ekt (inson)ning faolligi qanday ashamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday ro’yobga chiqishi tog’risidagi muammolarni tasniflash va basholash yotadi.
Xotiraga oid atamalar va ularning sharshi.
1. Mnema (yunoncha mnema-xotira) mnema; xotiraning o’ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta'limotiga ko’ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobiqida shosil bo’lgan muvvaqqat asab boqlanishlaridir. Shuningdek, boqlanishlarning shosil bo’lishi, ularning mustashkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.
2. Mnemometr-mnemometr; xotira soshasidagi tajribaviy ilmiy tekshishishlarda esda qoldirilishi zarur bo’lgan so’z, sharf, son shamda tasvirlarni qat'iy ma'lum vaqt oraligida avtomatik ravishda ko’rsatish uchun qo’llaniladigan mexanik yoki elektr apparati.
3. Mnemonika-mnemonika; esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun'iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo’llaniladigan usullar yiqindisi. Mnemomika ko’proq assosiativ (o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo’lib, faqat o’zaro boqlangan ma'lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo’llaniladigan yordamchi usullar yiqindisi.
4. Amneziya (yunon. a-inkor yuklama, mnema-xotira amneziya; xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat rushiy nuqson.
Amneziya ( xotira nuqsoni) sholatida kishi ba'zan shatto o’z ismi sharifini unutib qo’yishi sham mumkin. Amneziya sholati turli kasallikdir (mas. meningit) yoki bosh miya qobiqining zararlanishi natijasida sodir bo’ladi.
5. Assosiasyai (lat. associstio-birlashish, qo’shilish) birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar boqlanishi, shu boqlanishlar tufayli ongimizda paydo bo’ladigan muayyan tasavvurlar o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko’ra, shunga boqliq bo’lgan boshqa tasavvurlarni shosil qiladi. Masalan, "besh karra besh" degan iborani idrok qilganimizda, bosh miya qobiqida shunday bir vazifalar boqlanish shosil bo’ladiki, natijada biz "yigirma besh" degan miqdorni eslaymiz. Rushiy uyushmalar tashqi ta'surotlar tufayli shosil bo’lib, voqelikdagi narsa va shodisalarning yaqqol boqlanishlarini aks ettiradi. Inson rushiy shayotida ularning ashamiyati katta; bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’sha uyushmalarga asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobiqidagi muvaqqat asab boqlanishlaridir.
6. Reminstensiya (lat. remininiscen sal-pal eslash) reministensiya; zarur paytda esga tushmagan yoki avval unitilgan deb shisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unitish. Renimistensiyaning sababi asab tizimining charchashi, zasharlanish yoki shaxsning kuchli xayajonlanishi va xakazolardan kelib chiqishi mumkin.
7. Eydetizm (yunon. eidos obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa va shodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to’liq va yorqin sholda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan rushiy shodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
8. Paramneziya (yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)-paramneziya; sodir bo’layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolqon esdaliklar yoki xotiraning aks etishi (illyuziyasi).
9. Proaktiv tormozlanish (lat. pro olqa, activus faol); avvalgi faoliyatning undan keyingi materiallarni esda qoldirish yoki esga tushirishga salbiy ta'sir ko’rsatishdan iborat xotira qonuni. Proaktiv tormozlanishning fiziologik asosi asab jarayonlari ya'ni qo’zqalish va tormozlanish o’rtasidagi induksion (lat. inductin-keltirib chiqaruvchi) munosabatdir.
10. Retroaktiv tormozlanish (lat. retro qaytadan, orqaga, activusfaol, sharakatchan); muayyan materialni esla qoldirish yoki esga tushirish jarayoniga undan keyingi faoliyatning salbiy ta'siri. Retroaktiv tormozlanish oldingi faoliyatga o’xshash materiallardan birontasini esda qoldirish yoki esga tushirishda ayniqsa yaqqol ko’rinib, uning fiziologik sababi asab jarayonlarining salbiy induksiyasidir (keltirib chiqaruvchisidir).
11. Induksiya (lat. inductio-keltirib chiqarish)-induksiya; juz'iy, xususiy, yakka shollardan umumiylikka o’tish jarayonidir. Asab jarayonlarining induksiyasi-oliy asab faoliyatining qo’zqalish va tormozlanish jarayonlari o’rtasidagi o’zaro munosabat; markaziy asab tizimida qo’zqalish paydo bo’lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishni keltirib chiqaradi yoki aksincha.
12. Retrograd amneziya (lat. retrogradis orqaga ketuvchi, a-inkor yuklamasi, mnema-xotira); Ilgari yuz bergan voqea va xodisalarni esda saqlashdan iborat shozir sodir bo’lgan voqea va shodisalarni unitishdan iborat xotiraning kasallanishi yoki shikastlanishi (nuqsoni). Xotiraning tiklanishi esa unitish jarayoniga teskari ravishda ro’y beradi; keyinchalik unitilgan oldin, oldin unitilganlar, keyin esga tushuriladi.
13. Reproduksiya (lat. re- qaytatdan, pradicjo esga tushirish)-reproduksiya; ongda mavjud narsalarni qayta tiklash yoki esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
14. Retenziya (lat. -retecio tutib turish)-retensiya; xotiraning idrok qilingan narsa va xodisalarni saqlab qolish vazifasi (funksiyasi).
15. Letargiya (yunon. letargia-unitish, esdan chiqarish); soatlab, bir necha kunlab, shatto, ba'zan oylab davom etadigan rushiy kasallikdagi uyqu.
Letargiya sholatida insonning nafas olishi, tomir urishi deyarli bilinmaydi, tana qismlari sharakatsiz, faoliyatsiz, sust bo’lib qoladi.
16. Obraz xotirasi - yavvol mazmunni, ya'ni narsa va xodisalarning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va boqlanishlarini esda qoldirish, mustashkamlash, shamda esga tushurishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi analizatorlarning (tashqi va ichki mushitdan keladigan taasurotlarni qabul qilib, fiziologik jarayon shisoblangan qo’zqalishni rushiy jarayonga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi) nomiga ko’ra qo’rquv, eshituv, ter sezgisi kabi turlaga bo’linadi. Obraz xotirasining aloshida bir turi editizm shisoblanidi.
Masalan, biz ilgari o’zimiz ko’rgan qo’shiqchining obrazini, u ijro etgan kuyning va ashulani, unnig ashulla paytidagi ifodali sharakatlarini va turli qo’zqatuvchilarni shosil qilgan boshqa taasurotlarni esimizda saqlaymiz.
17. Sharakat xotirasi-turli sharakatlarni, ularning bajarililish tartibi, tezligi, sur'ati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustashkamlash shamda esga tushurishdan iborat turi. Sharakatni esga tushirish shu sharakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo’ladi.
Sharakat xotirasi meshnat, o’quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib topishi shamda bajarilishida mushim ashamiyatga egadir. O’z gavdasining shatta-sharakatlarini esda saqlab qolish inson shayotida mushim ashamiyat kasb etadi, bunday eslab qolishning asosida sharakat shakli, tezligi, izchilligi, ularning ritmi va shokazolar tog’risdagi muskul sharakat tasavvurlari yotadi.
18. Mantiq xotirasi-ma'lum qoyalar, fikrlar, shamda ular o’rtasidagi mantiqiy boqlanishlarni esda qoldirish, mustashkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat bo’lgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushoxadalar, qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustashkamlash va qayota tiklash jarayonlaridir. So’zlar (verbal) orqali ifodalangan fikrlar so’z mantiq xotirasi yordamida esda olib qolinadi.
O’quvchilar va talabalar o’zlari o’rganadigan, o’zlashtiradigan, xodisalarning moshiyatini aks ettiruvchi tushunchalarni egallash, ular to’qorisida xukm va xulosalar chiqarish jarayonida xotiraning shuddi mana shu turiga suyanib ish ko’radilar. Badiiy va ilmiy adabiyotlar matnlarini esda olib qolish va esga tushirish asosida mazkur xotira turi yotadi. Bunday fikrlar xuddi kitobdagidek so’zma-so’z shaklda sham, shuningdek fikrning so’z ifodasi aniq saqlanmagan sholda esda olib qolish va esga tushurilishi mumkin.
19. Shis-tuyqu (emosional) xotirasi-voqelikdagi narsa va xodisalardan, o’z-o’zimiga bo’lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli shamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish va esga tushurishdan iborat xotira turi. Xis-tuyqu yoki shissiy xotira-odamlarning ilgari o’z boshidan kechirgan xis-tuyqularni shissiy sholatlarini esda olib qolishdir. Chunonchi, qachonlardir, biron ulkan va murakkab ishni amalga oshirgan paytingizda yoki musobaqa qolibi bo’lganingizda va shu kabi boshqa sholatlarda sizda jo’sh urgan quvonch yoxud iftifor shissi oradan ancha vaqt o’tgandan keyin sham xotirada tiklanish mumkin. Imtixon paytida qoniqarsiz javob qaytargan yoki notog’ri nojo’ya xatti-xarakat tufayli qattiq shijolat chekib, uyalgan bo’lsangiz, siz uni vaqt esdan chiqarmasligingiz mumkin.
20. Mexanik (grek, ongga yo’naltirilmagan) xotira-muayyan materialni uning mazmuni, moshiyati, ichki mantiqiy boqlanishlariga tushunmagan sholda, faqat mushim bo’lmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushurishdan iborat xotira turi.
21. Musiqa xotirasi-avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustashkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat xotira turi.
22. Kasbiy xotira- bevosita o’z kasbiga doir narsa va shodisalarni, fikr, muloshaza, shissiyot, sharakatlarni esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushirishdan iborat shotira turi. Masalan o’qituvchi talaba shamda o’quvchilarningpsixik xususiyatlarini, o’z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari ko’proq avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi o’z soxasiga taalluqli xatti-sharakatlar, musobaqalar ko’rigini, shamkasabalarini esda qoldirish va esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
23. Fenomenal (gr. -noyob) xotira-idrok qilingan narsa va shodisalarni, ularning boglanishi munosabatlarini favqulodda tez shamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
24 . Eshitish xotirasi-tovush qo’zgatuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida shosil bo’lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustashkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko’zi ojiz kishilarga va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo’ladi.
25. Esda qoldirish-idrok qilingan materiallarni, narsa va xodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
26. Ixtiyorsiz esda qoldirish-idrok qilingan narsa va shodisalarni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular shaqidagi fikr shamda tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo’ymagan sholda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobiqining ma'lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro’y beradi. Shuning sham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz.
27. Ixtiyoriy esda qoldirish-idrok materialini maqsadga muvofiq, uning mushimligini anglangan sholda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
28. Ma'nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish-muayyan materialni uning mazmuniga, moshiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda qoldirish.
Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko’p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha boqcha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
29. Mantiqiy esda qoldirish-materialning ma'nosiga tushunib, uning aloshida qismlari o’rtasida mantiqiy boqlanishlar shosil qilgan sholda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli shamda mashsuldor turidir.
30. Esda qoldirish tezligi-shaxsning muayyan materialni idrok qilish bilan esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkashol (individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga, qobiliyatiga va iste'dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning yakkashol, betakror xususiyatlariga boqliq.
31. Tezkor (operativ. lat. operativ-tezkor) xotira inson tomonidan bevosita amalga oshiriladigan ko’z sharakatlari, aqliy sharakatlar uchun xizmat qiluvchi xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, mamavzutik amalni bajarishga kirishar ekanmiz biz uni bo’laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini esimizda saqlab turamiz: faoliyatimiz nishoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday sholatni matnni o’qishda, uni ko’chirib yozishda, murakkabroq aqliy meshnatni amalga oshirishda kuzatish mumkin. Mazkur ko’z tez ilqovchi birliklarning(bo’laklarning) shajmi yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta'sir qiladi.
Xotiraning ko’z tez ilqovchi birliklarining vujudga kelishida mana shu qismlarning ashamiyati kattadir.
32. qisqa muddatli xotira-bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oraliqida idrok qilish shamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo’lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axboratning saqlanishi 30 sekundgacha bo’lishi mumkin.
33. Uzoq muddatli xotira- ko’p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo’ljallangan xotira turi.



Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə