Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Tetiklashtiruvchi mashqlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda
Quyosh turib 
Bolalarni erkalaydi, 
Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh 
nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni 
tugatishi mumkin. 
1. Qish g‘amini yozda ye.
2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.
4. Yer haydasang kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir yilda nechta fasl bor?
2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?
3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.
4.
Til tafakkur quroli va muomala vositasi. 
Til millatning noyob 
xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, 
yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning 
nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jara-
yonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yu-
zaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq 
munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning 
qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».


116
Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida 
xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar 
ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning 
qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar.
«So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin.
Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,
Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri 
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular 
hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar-
cha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki 
hamma hunardan so‘z hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi. 
Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish 
deb uqtiradi. 
Hikoyat: 
«Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir 
tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er-
talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik. 
Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-
urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə