Davlatova kamola



Yüklə 41,62 Kb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü41,62 Kb.
#150691
  1   2   3   4   5   6   7   8
DAVLATOVA KAMOLA Dialektologiya




TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM FAKULTETI
SIRTQI BO‘LIM BOSHLANG‘ICH TA‘LIM YO‘NALISHI
22.03-GURUH talabasi
DAVLATOVA KAMOLA
Dialektologiya
ANNOTATSIYA
O‘zbek dialektologiyasiga oid ilmiy manbalardan shu narsa ayonki, dialektal so‘zlar o‘zbek xalq sheva va lahjalarida faol qo‘llanib, adabiy til sathida kam yoki umuman qo‘llanmaydigan leksik birliklar majmui sanaladi. Ular adabiy tildagi so‘zlardan dialektal ma’no(lar)ga egaligi hamda faqat shevalardagina faol qo‘llanishi bilan farqlanib turadi. Ularning miqdori va turlari to‘g‘risida fikr bildirilgan. Dialektal so‘zlarni yig‘ish bo‘yicha “Savol-javob”, “Anketa” usullari kabi bir necha amaliy usullar borligi e’tirof etilgan. Ammo ularning hech biri “dialektal matnlarning leksik tahlili” usuli kabi natijador usullar emas. Chunki bunda sheva vakillaridan yozib olingan matnlar tarkibini leksik tahlil qilish asosida dialektal so‘zlarni aniqlab olish mumkinligi dialektologik amaliyotlar vaqtida qo‘llanilgan. Sheva vakillari nutqini dialektal matnlar sifatida yozib, transkripsiya qilib, undagi dialektal so‘zlarni aniqlash jarayoni “dialektal matnlarning leksik tahlili” usuli deyilishi maqolada bayon etilgan. Aytilgan fikrlarning isboti sifatida sheva vakillaridan yozib olingan dialektal matnlar ham berilganki, bu metodning dialektologiyaning metodlari sirasiga kirishiga imkoniyat yaratadi.
Dialektologik kuzatishlar jarayonida ilgari surilayotgan dialektal matnlar tahlili metodining tarkibiy qismlari bo‘lgan quyidagi xususiy metodlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq: 1) Dialektal matn(lar)ni yozish metodi; 2) u(lar)ni transkripsiya qilish metodi; 3) dialektal matnlarni leksik tahlil talablari asosida dialektal so‘z turlarini aniqlash metodi; 4) dialektal so‘z turlarini dialektal matnlar asosida tahlil etib o‘qitish metodi; 5) “Bir sheva lug‘ati”ni tayyorlash orqali sheva materiallarini yig‘ish metodi. Ular bir-biriga bog‘liqdir.
Ilmiy tadqiqotlarda bu metoddan faol foydalanilsa, shevalarning leksik boyligi bo‘lgan dialektal so‘zlarning eng kami ikki yarim-uch milliontasini bemalol topish, ularga lug‘at maqolalar tayyorlab, zamonaviy tipdagi elektron lug‘at hamda atlaslarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, dialektal so‘z turlari haqida to‘xtalib, ular o‘nta ekanligi dalillab berilgan.
Kalit so‘zlar: O‘zbek dialektologiyasi, sheva, dialektal matn, dialektal matnning leksik tahlili, umumiy metod, xususiy metod, metodika, dialektal matnlarning leksik tahlili usuli (metodi), dialektal lug‘at maqola, dialektal lug‘at maqola tayyorlash, dialektal lug‘at, elektron dialektal lug‘at.

KIRISH
Dialektal matnlarning leksik tahlili amaliy mashg‘ulotlarda talabalar bilan amalga oshirilardi. Ilmiy tadqiqotlarda esa bunday tahlilning amalga oshirilganligini eslay olmadim. Bugungi kunda ko‘p narsa dolzarb masalalar jumlasiga kiradi. Su jumladan dialektal matnlarning leksik tahlili ham. Ya’ni sheva so‘zlarimizni dialektal matnlar asosida saqlab qolish va tarix sahifalariga muhrlash, dialektologiya metodologiyasi bo‘yicha metod, usul va omillarni aniq shakllantirish hisoblanadi. Bunday dolzarb masalalarda o‘zbek dialektologlari ayni vaqtda jiddiy ilmiy kuzatishlarni olib borishmoqda. Ammo dialektologiya metodologiyasi bo‘yicha metod, usul va omillarni aniqlashtirish masalasida jiddiy biror bir ilmiy ish qilinmagan. Olimlarimiz o‘quv qo‘llanma, darslik va ilmiy maqolalar yozishib, dialektologiyaning metodologiyasi masalasiga e’tibor berishmagan. Shuning uchun “O‘zbek dialektologiyasi” fanining metodlar bilan o‘qitilishi ham oqsab turibdi. Xuddi “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining metodlari kabi bu fanning metod va usullari majmuini ishlab chiqilishi lozim. Bizning bu ishimiz esa shu sohadagi ilk izlanishlardan biri hisoblanadi.

Yüklə 41,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə