Davlatova kamola


“Bir sheva lug‘ati”ni tayyorlash orqali sheva materiallarini yig‘ish metodi



Yüklə 41,62 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü41,62 Kb.
#150691
1   2   3   4   5   6   7   8
DAVLATOVA KAMOLA Dialektologiya

5. “Bir sheva lug‘ati”ni tayyorlash orqali sheva materiallarini yig‘ish metodi. Bunda bir shevaga xos leksik, fonetik, grammatik xususiyatlar o‘rganiladi.
Ushbu metodning tavsiya qilinayotganiga sabab shuki, juda ko‘pchilik yoshi
ulug‘ insonlar o‘z shevalarining xususiyatlarining qariyib 20 foizini yaxshi bilishadi.
Mana shu holatning o‘zi ham bir sheva bo‘yicha katta hajmli dialektal materiallarni to‘plashga imkon beradi.
Ular bir jarayonning umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida dialektal
matnlar tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko‘rsatilgan kichik
metodlar va ularning majmui bo‘lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi
metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarab foydalanish maqsadga muvofiq.
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatidagi kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham qiyosiy o‘rganib, shevalarda dialektal so‘z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borliginita’kidlab o‘tmoqchimiz, ammo ularga bir tekis amal qilinmagan [Абдуллаев Ф. 1961. Абдуллаев Ф, А. 2-сон. –B. 39.
Ишаев A. 1990. Nafasov T. 2010. To‘ychiboyev B., Yo‘ldoshyev Q. 2012.].
Yuqoridagi fikrlardan bilinib turibdiki, oldin bu masalaga e’tibor bo‘lmagan. Ushbu masalani asoslash va amalga oshirish uchun avval kichik hajmli bir necha maqolalar yaratdim. Keyin esa “Dialektologiya metodologiyasi” nomli monografiya
va “O‘zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot”nomli o‘quv qo‘llanmalarimni tayyorlab, nashr qildirdim (Enazarov T. 2020. -B.3-120. Enazarov T. 2021. -B.66-91). Kelajakda bu masalaning mazmun-mohiyatini yanada keng va mukammal tarzda yoritishga anchagina materiallar tayyorladim.
Asoslab berilgan beshta kichik metod ham dialektal matnlarning leksik tahlili metodi jarayonining umumlashma va xususiy ko‘rinishlari sifatida dialektal matnlar
tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko‘rsatilgan kichik metodlar va
ularning majmui bo‘lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi metodlaridan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida vaqti va o‘rniga qarabfoydalanish maqsadga muvofiq[Bu metodlar oldinlari ilmiy tadqiqotlarda nomlanmasdan foydalanilgan
bo‘lishi mumkin. Ularni jamlab, nom berish bizning chekimizga tushdi. Shuning
uchun ularni individual shaklda nomladik. Bu metod to‘g‘risida qisqa to‘xtaldik, alohida maqolalarimizda ularni maxsus yoritamiz.].
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatini
ifodalovchi kichik to‘rtta metoddan unumli foydalanib, o‘zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham
qiyosiy o‘rganib, shevalarda dialektal so‘z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borliginita’kidlab
o‘tmoqchimiz[7, adabiyotlarga qarang]:

Yüklə 41,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə