Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tu-



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijodiy hikoya tu-
zishga o‘rgatish:
Mavzu: «Men yoqtirgan fasl» 
Maqsad:
Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish 
mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Vazifalar:
 
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish 
malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo‘yicha lug‘atini 
faollashtirish, topishmoqlar mazmuniga tushunishga o‘rgatish, 
maqoldagi so‘zlarni aniq va burro aytish.
Kutilayotgan natijalar
: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallan-
gan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to‘qishga qiziqish 
uyg‘onadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.
Kerakli jihozlar: 
To‘rt faslga oid katta rasmlar, to‘rt faslga oid 
qirqma rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi. Tarbiyachi:
Bolalar hozir qanday fasl? 
(Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl 
ko‘proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz 
«Men yoqtirgan 
fasl»
mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz. 
Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz. 
– Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).
– Demak, biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.
Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari 
tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasl-
lariga tegishli tasvirlarning qirqma bo‘laklarini yig‘ish bilan guruhlarga 
bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz 
faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish faslining qirq-
ma bo‘laklarini yig‘adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil 
bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya 
yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin. 


115
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi. 
Tarbiyachi:
Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g‘ir-g‘ir 
esib turadi. Osmon toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bog‘larda kuzgi meva-
lar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala 
va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, 
sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. 
Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə