Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

 2. Ravon nutq mohiyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nis-
batan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini 
ko‘rib chiqish lozim. 
Dialog
ikki yoki bir necha so‘zlovchining bi-
ron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan 
tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik 
jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning 
barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika 
bilan kuchaytiriladi.Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, 
unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish– 
so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va 
h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, mak-
tabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar 
bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq 
turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan 
dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib 


112
chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka 
va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun koope-
rativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-
sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni 
sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq 
tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati 
orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil 
etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog
ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining 
qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan 
hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida 
ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini 
tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy 
muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etil-
gan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft 
bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: nav-
batga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, 
o‘z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi 
bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchan
-
likning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok 
etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, 
akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni 
tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar tur
-
kumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə