Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari:
Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy 
vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tu-


123
shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Odam-
lar, xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-
joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zaxirasini asta-sekin 
kengaytirib borish. Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda 
qilinadigan vaziyatlarni tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyum-
lar sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlarni tushunishni 
shakllantirish. Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2–3 ta hara-
katdan iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va 
bajarishni o‘rgatish (…koptokni ol va menga uzat).
Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-haya-
jonli dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy 
ko‘rinishlar va vokallashuvlarning paydo bo‘lishiga ko‘maklashish. 
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlarni ifoda-
lash va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun 
zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar 
va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta 
so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgi-
lovchi so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan
ayrim hayvonlardan va o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvon-
lar harakatlaridan, notirik va tirik obyektlardan, ayrim mehnat hara-
katlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.
Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari.
Nutq funksiyalari va shakllari
. Bolaning imkon doirasidagi va 
undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kat-
talarning savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishla
-
rini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib 
fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga 
qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini, 
o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bi-
lan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib 
chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar 
hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga 
undash. Bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash 
uchun so‘zlardan foydalanishga undash.


124
Xulosa:
Lug‘atni so‘zlar bilan – kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-
boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o‘yinchoqlarning 
nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko‘ylak yengi va yo-
qasi; mashina kuzovi va g‘ildiraklari) bilan boyitib borish. O‘yinlarda 
bolalarga harakatlarning so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va 
o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish. 

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə