Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

Jismoniy daqiqa:
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
1. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasamizning qanday xonalari bor?
4. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
5. Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
O‘zbek xalq maqollari bolalarni tarbiyalaydi va ularga hayotdagi 
yangiliklarni o‘rgatadi.
O‘zbek xalq maqollari
Ishlagan - tishlaydi,
Ishlamagan – kishnaydi.
Bog‘ni boqsang, bog‘ bo‘ladi,
Botmon dahsar yog‘ bo‘ladi.
Boqimsiz bog‘ tog‘ bo‘ladi,
Yurak-bag‘ring qon bo‘ladi.
Dehqon bo‘lsang kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda!
Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinar.
Bugungi ishni ertaga qo‘yma!
Yigit kishiga yetmish hunar ham oz
Barvaqt qilingan harakat
Hosilga berar barakat.
Bir yil tut ekkan kishi
Yuz yil gavhar teradi.


142
Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o‘rasan.
Birni kessang, o‘nni ek!
Bobongning tol ekkani-
O‘ziga non ekkani.
Gap bilan shoshma,
Ish bilan shosh!
Ish seni yengmasin,
Sen ishni yeng!
Ko‘pchilik qo‘lda unum ko‘p.
Topishmoqlar bolalarni o‘ylashga, topqirlikka o‘rgatuvchi qa-
dimiy janrlardan biridir.
O‘zbek xalq topishmoqlari
Tunda ko‘rib, cho‘g‘ deysan,
Tongda turib, yo‘q deysan.
(Yulduz)
Keragida suvga otasan,
Qimirlashin poylab yotasan.
(Qarmoq)
Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.
(Yong‘oq)
Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Suv)
Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)


143
Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
Katta oppoq dasturxon
Yer yuzini qoplagan,
(Qor)
Birlashtirib kiyimni
Issiq tutadi sizni.
(Tugma)
Og‘zi yo‘g‘u, tishi bor,
Duradgorda ishi bor
(Arra)
Kundalik tarix o‘zi
Har yerda uning so‘zi.
(Gazeta)
Tez aytishlar
Erkin egatga ertagi ekinni ertalab ekdi.
Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.
Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk. 
Tez aytishni tez-tez ayt.
Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.
Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.


144
Gulsara gul saralab gul sanadi.
Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda 
chizmoqchi.
Zanjir, sarjin, anjir.
Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak.
Tolib turipni tarozida tortib topshirdi.
Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
Oltin o‘tloq – oq o‘tloq.
Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun 
ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatla-
rini hisobga olish muhimdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat ertaklar bilan 
tanishtirish avvalombor ularni asosli ravishda tanlash, eng ahamiyatli 
so‘zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi, ya’ni sifat tarkibi
ma’nosi bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə